Kontent qismiga oʻtish

Biatlon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biatlon (bi… va yunoncha athlon—musobaqa)—qishki sport turi, changʻida yugurish va maʼlum marralarga kelib miltiqdan otish, yaʼni ikki marta (changʻi poygasi va otishda) musobaqalashish. Biatlon XVII-asr 70- yillarida Norvegiyada paydo boʻldi. 1718-yil Shvetsiya-Norvegiya urushida jang maydonida toʻliq qurollangan biatlonchilar boʻlgan. Haligacha Norvegiyaning Lillehamer shahri gerbida oʻqchi-changʻichining tasviri bor. Biatlon koʻp vaqtgacha „harbiylar sporti“ hisoblab kelingan. 1948-yilda Xalqaro zamonaviy beshkurash va biatlon uyushmasi (UIPMB) tuzildi, unga 70 dan ortiq mamlakat aʼzo (1991). 1958-yildan jahon chempionligi uchun musobaqalar oʻtkaziladi, 1960-yildan qishki olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1984-yildan (Fransiya) ayollar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkaziladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil