Avstraliya
Avstraliya Ittifoqi inglizcha: Commonwealth of Australia
| |
---|---|
Madhiya: «Advance Australia Fair» «Olg‘a, chiroyli Avstraliya» | |
Poytaxt | Kanberra |
Eng katta shahar | Sidney, Kanberra, Melburn, Brisben, Pert, Adelaida va Nyukasl |
Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
Hukumat | Konstitutsiyaviy monarxiya |
• Qirol |
Karl III |
David Hurley | |
Anthony Albanese | |
Mustaqillik (Buyuk Britaniyadan) | |
• Dominion |
1901-yil 1-yanvar |
• Vestminster statuti |
1931-yil 11-dekabr (1939-yil 9-sentyabrda qabul qilingan) |
• Avstraliya farmoni |
1983-yil 3-mart |
Maydon | |
• Butun |
7,692,024 km2 (6-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.79 |
Aholi | |
• 2023-yilgi roʻyxat |
26,510,600 kishi (53-oʻrin) |
• Zichlik | 3.4/km2 |
YIM (XQT) | 2023-yil roʻyxati |
• Butun |
$1.718 trillion (20-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$65,366 |
Pul birligi | Avstraliya dollari (AUD) |
Vaqt mintaqasi | UTC+8...+10.5 |
• Yoz (DST) |
UTC+8...+11.5 |
Qisqartma | AU |
Telefon prefiksi | +61 |
Internet domeni | .au |
|
Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia)- Avstraliya materigini qoplovchi davlat. Maydoni — 7 692 024 km². Aholisi — 27 012 530 kishi (2024). Poytaxti — Kanberra shahri. Avstraliyani gʻarbda Hind okeani, sharq, janub va shimoldan esa Tinch okeani suvlari yuvib turadi. Hududi kattaligi boʻyicha Avstraliya jahonda 6-oʻrinda turadi. Davlatni Buyuk Britaniya qirolichasi nomidan general-gubernator idora etadi. Amaldagi general-gubernator - David Hurley. Bosh vazir: Anthony Albanese. Poytaxti: Kanberra Hudud: 7 692 000 km² Pul birligi: Avstraliya dollari Qiziqarli joylar: Sidney, Melburn, Brisben, Pert, Adelaida, Gold Coast, Cairns, Byron Bay va Kanberra shahri hisoblanadi.
Davlat tuzumi
[edit | edit source]Avstraliya– Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1901-yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan – federatsiya. Davlat boshligʻi – Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 yil muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. Avstraliyaning har bir shtati oʻz kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.
Aholisi
[edit | edit source]Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi – Britaniya o.laridan koʻchib kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar boʻlib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil etadi (qarang Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz oʻzbek bor. Rasmiy tili – ingliz tili. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 km² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materikning sharqiy va janubi-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining – 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.
Maʼmuriy bo‘linishi
[edit | edit source]№ | Bayrogʻi | Gerbi | Maʼmuriy bo‘linish nomi | Nomi | Maʼmuriy markazi |
---|---|---|---|---|---|
1. | Shtat | Viktoriya | Melburn | ||
2. | Shtat | G‘arbiy Avstraliya | Pert | ||
3. | Shtat | Kvinslend | Brisben | ||
4. | Shtat | Yangi Janubiy Uels | Sidney | ||
5. | Shtat | Tasmaniya | Xobart | ||
6. | Shtat | Janubiy Avstraliya | Adelaida | ||
7. | Hudud | Poytaxt hudud | Kanberra | ||
8. | Hudud | Shimoliy hudud | Darvin |
Tarixi
[edit | edit source]18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi boʻlib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelganlar. Yangi qitʼani oʻrganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788-yilda A. Angliya hududi deb eʼlon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qoʻychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo boʻldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851–61) munosabati bilan koʻchib keluvchilar ancha koʻpaydi. Angliya hukumati A.dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854-yildagi Evrika qoʻzgʻoloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855-yilda ularning koʻpchiligiga oʻzini oʻzi boshqarish xuquqini berishga majbur boʻldi. 1901-yil A.dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga – Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906-yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning janubi-sharqiy qismi), Birinchi jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qoʻshinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shimoli-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945-yildan Avstraliya– BMT aʼzosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari – liberal va agrar (1975-yildan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi boʻldi. Faqat 1949-yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983-yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yoʻldan borish uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. A. hukumati Nauru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1991-yilda A. bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diploma-tiya munosabatlari oʻrnatilgan. Milliy bayrami – A. kuni (26-yanvar).
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari
[edit | edit source]Avstraliya milliy partiyasi, 1916-yilda tashkil etilgan; Avstraliya liberal partiyasi, 1944-yilda tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891-yilda tashkil etilgan; A. demokratlari partiyasi, 1977-yilda tashkil etilgan. Avstraliya kasaba uyushmalari kengashi 1927-yilda tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xoʻjaligi
[edit | edit source]Avstraliya– yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliyalar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qoʻrgʻoshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi oʻrinda, 106koʻmir, rux, mis, marganes, bugʻdoy, goʻsht eksport qilishda oldingi oʻrinlardan birida turadi.
Sanoati
[edit | edit source]Avstraliya sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari – kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994–95 yil 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi – Gʻarbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Janubiy Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shimoliy hudud)dan qazib olinadi. 1994–95 yil Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshkoʻmir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral oʻgʻitlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994–95 yil 6,2 mln. t poʻlat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati koʻproq eksportga (goʻsht, un, qand-shakar, sariyogʻ-pishloq, pivo, vino) moslangan. Toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert. Vullogong – Port-Kembla, Nyukasl, Jilong, Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.
Qishloq xoʻjaligi
[edit | edit source]Avstraliya – yirik yer egaligi mamlakati. Foydalaniladigan yerlarning 80% dan ortigʻi yirik yer egalari qoʻlida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Avstraliya (davlat) mahsuloti qiymatining 60% dan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Qoʻylar 174 mln., qoramol – 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qoʻychilikning asosiy rayonlari – janubi-sharqiy va janubi-gʻarbiy sohil; sut yetishtiruvchi rayon janubi-sharqiy sohil, goʻsht yetishtiruvchi rayon mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sugʻoriladi. Asosiy ekinlar – bugʻdoy (hosili yiliga oʻrtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, joʻxori, sholi, makkajoʻxori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda oʻrtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. goʻsht, 720 ming t. jun yetishtiradi.
Transporti
[edit | edit source]1996-yilda avtomobil yoʻllari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar – 420 ming km, temir yoʻl– 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari – Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar – Port-Xedlend, Dampir (temir ruda joʻnatish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.
Tashqi savdosi
[edit | edit source]Eksportda qishloq xoʻjaligi mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor isteʼmol mollari, asbob-uskunalar, neft chet eldan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi – A. dollari.
Tibbiy xizmati
[edit | edit source]Davlat kasalxonalaridan tashqari tibbiy xizmat aso-san xususiy shifokorlar tomonidan koʻrsatiladi. Shifokorlar soni 18 ming (721 kishiga 1 shifokor). Shifokorlarni universitetlarning 8 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Avstraliyada bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatda har xil) majburiy taʼlim beriladi. Tub joy aholining 40% savodsiz. Davlatga va xususiy shaxslarga karashli makta-blar bor. Oliy taʼlim – pulli. Avstraliyada 26 universitet, 35 kollej bor. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Sidney, Adelaida, Melburn universitetlari, Adelaida, Melburn texnika institutlari. Bir qancha akademiyalar, shu jumladan Avstraliya Fanlar Akademiyasi, institut institutlari va ilmiy jamiyatlar bor. Eng yirik kutubxonalar: Kanberradagi Milliy ku-tubxona, Sidney universiteti kutubxonasi va boshqa 107Muzeylar: Avstraliya muzeyi (Sidney), Viktoriya shtatining Milliy galereyasi (Melburn) va boshqa.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
[edit | edit source]Avstraliyada 70 dan koʻproq kun-dalik gaz. (10 asosiy gaz.ning tiraji – 5 mln. nusxadan ziyod) va 592 boshqa davriy nashrlar chiqadi. Kundalik "Gerald-san nyus piktorial" ("Xabar-noma – Quyosh", 1990-yildan), "Sidney morning gerald" ("Sidney tong xabar-nomasi", 1831-yildan) eng salmoqli gaz.lar hisoblanadi. Asosiy axborot agentligi – Ostrelian assoshieyted press (1935-yilda asos solingan). 100 radiostansiya va 85 telemarkaz ishlaydi. "Ey-bisi" va "Ey-bi-es" umummilliy teleradio-eshittirish kompaniyasi mavjud. Radio-eshittirishlar 1923-yil, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan yoʻlga qoʻyilgan.
Adabiyoti
[edit | edit source]Avstraliya adabiyoti ingliz tilida (aborigenlarning oʻz yozuvi yoʻq). 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti taʼsirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. Birinchi jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga koʻmaklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Tennant, B. Penton va boshqalarlar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik gʻoyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bunga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvgʻindagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va boshqa asarlar misol boʻladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.
Meʼmorligi
[edit | edit source]A.da meʼmorlik 18-asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida toʻgʻri bur-chakli koʻp qavatli uylar qurildi. 20-asrning 20-yillaridan A. meʼmorligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913–1927, meʼmor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (meʼmor G. Zaydler), Melburndagi olimpiada stadioni (1956) va boshqa diqqatga sazovor.
Tasviriy sanʼati
[edit | edit source]Avstraliya badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar sanʼati (oʻymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, gʻorlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvir-lash), ikkinchisi – yevropacha madaniyat. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafika (S.T.Xill) paydo boʻldi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kuni-xon, haykaltarosh P. Dadsuel). 20-asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi sanʼati vujudga keldi (Namatjir va Pa-rerulya oilalari).
Musiqasi
[edit | edit source]Avstraliya tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar joʻrligida raqsga tushib, qoʻshiq aytishdan iborat: cholgʻu asboblari – qayroq, dovul, dijeridu va shahrik. 18-asr oxirlaridan yevropacha musiqa rasm boʻla bosh-ladi. 1847-yilda Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanberra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari – kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, dirijyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va boshqa
Teatri
[edit | edit source]Avstraliyada dastlabki spektakllar 18-asrning 80-yillarida koʻchib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qoʻyilgan. 19-asrning 30–40-yillarida Sidney va boshqa shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etildi. Milliy teatrning shakllanishida 20-asrning 10–30-yillarida adabiy-teatr birlashmalari koʻmak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar (K. S. Prichard, L. Esson, U. Mur, K. Uotson). Avstraliyaning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga ("Ti-vali" va boshqalar) qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.
Kinosi
[edit | edit source]Mamlakatda kino ishlab chiqarish 1900-yilda boshlandi. 70-yillarda A. kinoni rivojlantirish federatsiyasi tuziddi. Hujjatli kino ommalashgan. Melburndagi Davlat ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti ilmiy fil-mlar chiqaradi.[1]
-
Avstraliya yoʻldoshdan koʻrinishi
-
Jakson porti
-
Yangi Parlament binosi (Canberra)
-
Kuala
-
Deni Kings
Manbalar
[edit | edit source]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |