Zigota
Zigota (qadimgi yunoncha: ζυγωτός - zigotos — birgalikda qoʻshilgan) — har xil jinsli gametalarning qoʻshilishi natijasida hosil boʻlgan hujayra; urugʻlangan tuxum. "Zigota" tushunchasini fanga nemis botanigi E. Strasburger (1844—1912) kiritgan. Zigotaning vujudga kelishi qoʻsh urugʻlanish bilan bogʻliq. Oʻsimliklarda chang nayi orqali murtak xaltasiga kirgan ikki spermaning biri tuxumhujayrani, ikkinchisi esa murtak xaltasining markaziy hujayrasini urugʻlantiradi. Zigotadan keyinchalik murtak, urugʻlangan markaziy xujayradan esa endosperm rivojlanadi. Gaploid ikki hujayra qoʻshilganida Zigotada oʻsha tur uchun xos boʻlgan xromosomalarning diploid toʻplami (2 ya) (biri onalik, biri otalik xromosomalari toʻplami) paydo boʻladi. Ayrim oʻsimliklar (mas, baʼzi suv oʻtlari va zamburugʻlar) va hayvonlarda (mas, koloniyali bir hujayralilar, boʻshli_qichlilar) Zigotaqalin poʻst bilan oʻralib noqulay sharoitni oʻtkazadi. Zigota orqali avlodlar oʻrtasidagi bogʻlanish taʼminlanadi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |