Kontent qismiga oʻtish

Surxon-Sherobod vodiysi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Surxon-sherobod vodiysi - Oʻrta Osiyoning janubidagi tog oraligʻi vodiysi. Asosan, Oʻzbekistonda, shimoliy sharqiy qismigina Tojikistonga qaraydi. Hududining chekka qismlari baland togʻlar bilan oʻralgan (jan. bundan mustasno), oʻrta qismi shimolidan janubi-ga nishab tekislik.

Vodiy tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Alp togʻ hosil boʻlishi jarayonida (neogen va toʻrtlamchi davr) qadimgi geologik dengiz oʻrnida ulkan togʻ tizmalari va togʻ oraligʻi vodiylari paydo boʻlgan. Togʻlardan oqib tushgan daryolar oʻzanlarini tobora kengaytirib va chuqurlashtirib borishi natijasida turli geologik davrlarga mansub tub jinslari ochila borgan, choʻkmalar esa akkumulyativ jinslar bilan tuldirilgan. Vodiyning hozirgi morfologik tuzilishida Yerning ichki (endogen) kuchlari bilan birga tashqi kuchlar — oqar suv, shamol, nurash va h.k.ning taʼsiri ham katta boʻlgan.

Vodiy mustaqil 2 dare vodiysi — Surxon va Sherobod vodiylaridan tashkil topgan. Har ikkala vodiy meridianal yoʻnalishga ega. Surxon vodiysi birbiriga teng Qoratog va Toʻpolon vodiylari bilan boshlanadi. Hisor tizmasi muzliklaridan (bal. 4000 m chamasi) boshlanadigan bu vodiylarning uz. 100 km dan ortadi. Vodiylar boshlanishida tor boʻlib, tekislikka tomon kengaya boradi. Ular Krratogʻ va Sarijoʻy qishloklaridan keyin keng tekisliklar boʻylab davom etib, Oqostona qishlogʻi yonida (mutlaq balandligi 5556 m) oʻzaro tutashadi va Surxon vodiysi nomini oladi.

Jan., janubigʻarbiy yoʻnalishda 196 km ga choʻzilgan Surxon vodiysi Termiz sh. yaqinida (mutlaq balandligi 302 m) Amudaryo vodiysiga tutashib ketadi. Surxon vodiysida birbiridan yaqqol ajralib turadigan 4 tagacha allyuvial terrasa (koʻhna qayir) bor.

Sherobod vodiysi Chakchar va Boysun togʻlari tarmoqlarining tugunidan (mutlaq balandligi 3700 m) boshlanadi. Archa oʻrmonlari bilan qoplangan togʻlar orasvdan Quyi Mochay kishlogʻigacha janubi-gʻarbiy yoʻnalishda davom etadi. Sherobod vodiysi quyi tomon kengayib, avval Boysun togʻlarini, soʻngra Sherobod Sariqamish qator tepalarini kesib oʻtadi. Togʻlar orasida 175 km ga choʻzilgan bu vodiy Sherobod sh. yaqinida (mutlaq balandligi 444 m) keng tekislikka aylanadi va yana 40 km ga davom etadi.

S Surxon-Sherobod vodiysining tekislik qismi qariyb 200 km boʻlib, shimolidan janubi-ga tomon pasayib va kengayib boradi. Vodiyning nishabi oʻrta qismida 1 km da 1 m, yuqori va quyi qismlarida kamroq. Vodiyning tekislik qismi ekin maydonlariga aylantirilgan.

S.Surxon-Sherobod vodiysi oʻziga xos geografik oʻrni, relyefi va iqiimi bilan oʻrta Osiyoning boshqa geografik rayonlaridan birmuncha farq qiladi.

Iqlimi kontinental subtropik: qishi qisqa va iliq, yozi uzoq, issiq. Relyefining xilmaxilligi temperatura rejimi va yogʻinlar taqsimotiga keskin taʼsir koʻrsatadi. Vodiyning eng issiq rayonlari uning janubiy qismlarida. Yillik oʻrtacha temperatura Sherobodda 18°, Termizda 17,4°. Oʻzbekistondagi eng yuqori temperatura ham shu yerda (Termizda 49,5°) qayd qilingan. Vodiyda yuqoriga tomon havo temperaturasi orta boradi: yillik oʻrtacha temperatura Denovda 15,6°, Boysunning togʻli qismida 14,5°. Mutlaq balandlik 1200 m dan past joylarda yanvar

ning oʻrtacha temperaturasi 0° dan yuqori. Issiq kunlar S.Surxon-Sherobod vodiysida erta kelib uzoq davom etadi. Iyul oyining oʻrtacha temperaturasi tekislik qismida 28—32°, mutlaq balandligi 2500 m dan yuqori togʻli qismlarida bu davrda oʻrtacha temperatura 17— 18° dan pasaymaydi. Yogʻinning yil davomidagi taqsimlanishi relyefga, shuningdek, nam havo massalarining yoʻnalishiga qarab turlicha. Yillik oʻrtacha yogʻin vodiyning quyi qismida 130–150 mm boʻlsa, Denovda 360 mm, Boysunda 445 mm, Sangardakda 790 mm.

SSH.v.ni togʻlardan boshlanadigan dare va soylar suv bilan taʼminlaydi. Yirik daryolari: Surxondaryo (irmoqlari Qoratogʻ, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok) va Sheroboddaryo (irmoqdari Shoʻrob, Sayrob, Maydon). Daryolarning asosiy suv sarfi martiyun oylariga (60% dan ortiq) toʻgʻri keladi. Daryolar suv sarfini tartibga solish maqsadida Janubiy Surxon, Uchqizil, Degrez suv omborlari barpo qilingan.

Katta zaxiralarga ega boʻlgan yer osti suvlari ham muhim suv manbalaridir. Hozirgi vaqtda artezian suvlari va koriz quduqlari suvidan qisman qishloqlarni toza suv bilan taʼminlashda, ekin maydonlari va chorva mollarini sugʻorishda foydalanilmoqda.

S.Surxon-Sherobod vodiysining togʻli va togʻoldi zonalari suv bilan yetarli miqdorda taʼminlangan. Biroq keng tekislik qismida suv tanqisligi kuzatiladi. Vodiyning tabiiy geografik sharoitidagi farqlar, uning tuproqlari, hayvonot va oʻsimlik dunyosining geografik tarqalishida ham aks etgan. Vodiyning tekislik qismida pastdan yuqoriga tomon taqirsimon, tipik boʻz tuproqlar hamda qumoq, shoʻrxok tuproq tiplari birbiri bilan oʻrin almashinib boradi. Yogʻin kam tushadigan bunday yerlarda yantoq, shuvoq, shoʻra, burgan, yulgʻun, turli xil efemeroid oʻsimliklar keng tarqalgan.

Allyuvial botqoq tuproqli daryo terrasalari va keng qayirlar, asosan, qamish, qiyoq, qoʻgʻa, ajriq, miya kabi oʻtlar, tol, turangʻil, jiyda, patta, yulgʻun kabi daraxtbutadan tashkil topgan toʻqaylar, changalzorlar bilan band. Asosan, tipik boʻz tuproqlar keng tarqalgan adir va togʻ oldi zonasida (mutlaq balandligi 500–1200 m) nixatak, qashqarbeda, betaga, qoʻzigul, lolaqizgʻaldoq, ismaloq, qoʻngʻirbosh, chalov, naʼmatak kabi turli efemeroid oʻt va butasimon oʻsimliklar oʻsadi. Togʻli qismida boʻz va jigarrang tuproq turlari keng tarqalgan. Bu tuproqdarda yovvoyi arpa, kiyikoʻt, togʻ lolasi, kavrak, sernam yerlarda qamish, yulgʻun, butasimonlardan doʻlana, naʼmatak, yovvoyi bodom, olcha, olma, yovvoyi tok kabilar aralash holda oʻsadi. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ zonasida (1700–1300 m) arpa, lista, yongʻoq, irgʻay, zaranglar katta maydonlarni egallaydi. Undan yuqorisini esa subalp, alp oʻtloqlari egallagan.

S.Surxon-Sherobod vodiysining xayvonot dunyosi qam xilmaxil. Boʻri, tulki, chiyaboʻri, qobon, quyon barcha mintaqalarga xos. Faqat togʻ va togʻ oldi zonalarida uchraydigan nodir kiyik, ayiq, boʻrsiq kabi hayvonlarning soni tobora kamayib bormoqda. Qargʻa, chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻrgʻay, loyxoʻrak, oʻrdak, bulbul, chil, kalxat, lochin, burgut kabi qushlar vodiyning hamma joyida uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesaklar va ilonlar, toshbaqa; kemiruvchilardan yumronqoziq, sugʻur, dala sichqonlari, boshqa hayvonlardan tipratikan, jayra, baliklardan sazan, zogora baliq yashaydi.