Kontent qismiga oʻtish

Tekislik (maydon)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shvetsiyada Tekislik

Tekislik — qurukliklarda, dengiz va okeanlar tubidagi yassi yoki biroz oʻrqir boʻlgan katta maydonlar. Quruqlikda dengiz sathidan past boʻlgan botiq Tekislik (mas., Kaspiyboʻyining shim. va sharki), bal. 0 dan 200 m gacha boʻlgan payettekislik (Gʻarbiy Sibir), 200 dan 500 m gacha boʻlgan baland (Ustyurt) va 500 m dan ziyod yassitogʻliklarga (Eron togʻligining ichki qismlari) boʻlinadi. Tekislik yuzasining yotiq (Betpakdala choʻlining gʻarbiy qismi), qiya (togʻ oldi shleyflari) va botiq (Qashqar tekisligi) shakllari mavjud. Mezorelyefiga koʻra yassi, pogʻonasimon, toʻlqinsimon, sertepa, oʻydimchuqur va hokazo Tekisliklar farq qilinadi. Tekisliklarning kelib chiqishi, geologik strukturasi va rivojlanish tarixi turlicha. Ekzogen jarayonlarning taʼsir etishiga koʻra denudatsion (dastlabki togʻlarning yemirilishidan hosil boʻlgan) va akkumulyativ (choʻkindi jinslar toʻplanishidan yuzaga kelgan) Tekisliklarga boʻlinadi. Tekisliklar Yer yuzasining katta qismini egallaydi. Quruqlikdagi Tekisliklarda katta daryo havzalari, koʻllar joylashgan, ularning inson tomonidan oʻzlashtirilishi qulay. Eng yirik tekisliklar: Shimoliy Amerikadagi Buyuk va Markaziy tekisliklar, Janubiy Amerikadagi Amazonka va Gviana pasttekisliklari, Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Osiyodagi Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, HindGang Tekisliklari, Afrikadagi Sahroi Kabir va Sudan, Avstraliyadagi Markaziy pasttekisliklar.