Kontent qismiga oʻtish

Shayx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shayx (arab. — keksa, oqsoqol; qabila, urugʻ, oila oqsoqoli) — islom dini tarqalgan mamlakatlarda avvalo bilimdon kishilarga, soʻngra ulamolar, faqixlarga berilgan nom. Keyinchalik so‘fiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham Shayx deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urugʻ, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari Shayx deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Shayx oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarga nisbatan qoʻllanadi. Tariqatda esa shu yoʻlga kirgan kishilarni tariqatni sayru suluk asoslariga koʻra voyaga yetkazish va ularni sinash huquqiga ega shaxs. Shayx bundan tashqari murshid, xalifa va ota deb ham atalishi mumkin.[1][2][3][4]

  1. Alisher Navoiy. Nasoimul muhabbat. -T.: 650-651.
  2. N.Komilov. Tasavvuf. -T.: Movarounnnahr, 2000.
  3. Тримингэм Дж. С. Суфийские ордены в исламе. - М.: Наука, 1989.
  4. U.Turar. Tasavvuf tarixi. -T.: Istiqlol, 1991
  • N.Toʻychiyeva, Islomshunoslik qomusiy lugʻat 278 b., Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: «Movarounnahr». 2014