Nasaiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nasaiy, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Ali ibn Shuayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr al-Xurosoniy (827, Naso/ Niso shahri — 915) — muhaddis, eng ishonchli 6 ta hadis toʻplamidan biri ("Sunani Nisoiy")ning muallifi. 15 yoshida Xijoz, Iroq, Shom, Misr va boshqa mamlakatlarga borib diniy fanlarni puxta oʻzlashtiradi. Damashqda umaviylarga yon bosmagani sababli tazyiq ostida qoladi. Bir rivoyatga koʻra, Makkada, boshqasiga koʻra, Baytil-Maqdis (Quddus)da vafot etadi. "As-Sunan al-kubro" ("Katta sunan") toʻplami uning shoh asari hisoblanadi. Bundan tashqari, "as-Sunan as-sugʻro" ("Kichkina sunan") yoki "al-Mujtabo" ("Saylanma"), "al-Xasois" ("Xususiyatlar"), "Fazoil as-saxrba" ("Saxrbalarning fazilatlari"), "al-Manosik" ("Marosimlar") va boshqa kitoblarni ham yozib krldirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |