Lakshadvip
Ittifoqdosh hudud | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Kavaratti shahri |
Maʼmuriyat rahbari | B. V. Selvaraj |
Rasmiy tili | malayam |
Aholi (2011) | 64 429 |
Zichligi | 2013,41 kishi./km² |
Maydoni | 32 km² (7-oʻrin) |
Kod ISO 3166-2 | IN-LD |
Rasmiy sayti | http://lakshadweep.nic.in/ |
Xaritada | |
10.57°0′0″N 72.63°0′0″E / 10.57000°N 72.63000°E |
Lakshadvip (malayalamcha: ലക്ഷദ്വീപ്, Lakṣadvīp; inglizcha: Lakshadweep)— Hindistonning ittifokdosh hududi. Maydoni 32 km². Aholisi 60,6 ming kishi (2001). Rasmiy til — malayalam tili. Aholisining asosiy qismi islom diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Kavaratti shahri.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ittifoqdosh hudud Arabiston dengizida Hindistonning janubi-gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida joylashgan 35 ta marjon oroldan iborat boʻlib, ularning 11 tasida aholi yashaydi. Balandligi 3—4 m. Eng yirik orollari —Lakkadiv, Amindiv va Minikoy. Fors qoʻltigʻi bilan Hindistonning gʻarbiy qirgʻoklari orasidagi dengiz yoʻlida muhim strategik ahamiyatga ega. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yiliga 1700 mm atrofida yogʻin tushadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lakshadvip 16-asrga qadar mustaqil boʻlgan. 1787 yilda Tipu sulton davlatiga qoʻshilgan. Tipu sultonligi barham topgach, Lakshadvip Ost-Indiya kompaniyasi qoʻliga oʻtdi. 1956-yildan orollar alohida hudud deb tan olindi va oʻsha paytdan boshlab Hindiston ittifoqi hukumati tomonidan boshqarila boshlandi. 1973 yilda Lakkadiv, Minikoy va Amindiv orollari guruhi Lakshadvip orollari deb ataldi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lakshadvip iqtisodida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Aholining asosiy qismi kokos palmasi oʻstirish va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Sanoat korxonalaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, baliq-konserva zavodlari mavjud. Elektr energiyasi orollarning oʻzida hosil qilinadi. Yoʻlovchilar va yuklarni tashish, asosan, dengiz va havo transportida amalga oshiriladi. Chetga kokos palmasi tolasi va moyi, kopra chiqariladi. Chetdan sholi va boshqa isteʼmol mollari keltiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |