Kontent qismiga oʻtish

Kanareyka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kanareyka
Nar Gran kanareyka, Ispaniya
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Sinonimlari

Fringilla canaria Linnaeus, 1758

Kanareyka (Serinus canaria) — chumchuqsimonlar turkumining vyuroklar (yuroklar) oilasiga mansub qush. Kanareykani ispanlar 15-asrning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelishgan (nomi shundan olingan). Tabiatda Kanar, Madeyra va Azor o.larida tapqalgan. Tanasining uz. 12—14 sm. Narining patlari sargʻish-yashil, modasi yashil. Oʻrmon, bogʻ va butazorlarda yashaydi. Daraxtlarda uya yasab, 3—5 tagacha tuxum qoʻyadi. Bir yilda 2 marta joʻja ochadi. Oʻsimliklar urugʻi va mevalari bilan oziqlanadi. Yaxshi sayragani uchun xonadonlarda ham boqiladi. Kanareykaning har xil sayroqi va dekorativ (kokildor, jingalak patli, bukri) zotlari chiqarilgan. Yovvoyi Kanareyka har u xil ovozlarga taqlid qila oladi.[2]

  1. BirdLife International (2018). "Serinus canaria". IUCN Red List of Threatened Species 2018: e.T22720056A132137153. doi:10.2305/IUCN.UK.2018-2.RLTS.T22720056A132137153.en. https://www.iucnredlist.org/species/22720056/132137153. Qaraldi: 19 November 2021. Kanareyka]]
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil