Kontent qismiga oʻtish

Jacinda Ardern

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jacinda Ardern
Yangi Zelandiya Bosh vaziri
Mansab davri
2017-yil 26-oktyabrdan – 2023-yil 7-fevralgacha
Monarx Elizabeth II
Charles III
Gubernator Patsy Reddy
Cindy Kiro
Oʻtmishdoshi Bill English
Vorisi Chris Hipkins
Yangi Zelandiya muxolifat rahbari
Mansab davri
2017-yil 1-avgustdan – 26-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Andrew Little
Vorisi Bill English
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Jacinda Kate Laurell Ardern

26-iyul 1980-yil (1980-07-26) (44 yosh)
Gamilton

Jacinda Kate Laurell Ardern[1] (talaffuzi: Jasinda Keyt Lorel Ardern, /əˈsɪndə ˈɑːrdɜːrn/;[2] 26-iyul 1980) – Yangi Zelandiyaning 2017-yil 26-oktyabrdan 2023-yil 7-fevralgacha bosh vaziri[3][4].

2017-yil 23-sentyabrda boʻlib oʻtgan umumxalq saylovida Ardern boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi 46 oʻrinni qoʻlga kiritib, oʻz vakilligini 14 deputatga oshirdi, biroq 56 oʻrin bilan Bill English boshchiligidagi Milliy partiyaga yutqazdi[5]. Biroq, NZ First leyboristlar bilan boshqaruv koalitsiyasini tuzishga tayyorligini maʼlum qildi. Shunday qilib, 26-oktyabr kuni Ardern Yangi Zelandiya bosh vaziri etib tayinlandi[6][7][8].

2020-yilgi umumiy parlament saylovlarida leyboristlar gʻalaba qozonib, 1993-yildan beri birinchi marta bir partiyali koʻpchilik hukumatga yoʻl ochdi[9].

1980-yil 26-iyulda Mormon politsiyasi xodimi Ross Ardern oilasida tugʻilgan.

Yoshligida Leyboristlar partiyasiga qoʻshilgan. 2001-yilda Vaykato universitetini siyosiy kommunikatsiyalar boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagandan soʻng, Ardern oʻz faoliyatini Yangi Zelandiya parlamenti deputati Phil Goff, keyin esa Bosh vazir Helen Clark idorasida tadqiqotchi sifatida boshlagan. Keyinchalik Buyuk Britaniyada Bosh vazir Toni Blairning siyosiy maslahatchisi boʻlib ishlagan[10].

2008-yilda Sotsialistik yoshlar xalqaro ittifoqi prezidenti etib saylandi[11]. Ayni paytda u deputatlik faoliyatini boshladi. 2017-yilda Annet King isteʼfoga chiqqanidan keyin bir ovozdan Leyboristlar partiyasi rahbari oʻrinbosari etib saylangan.

Parlament saylovlari oldidan, soʻrovlarga koʻra, partiyalar qoʻllab-quvvatlashi tarixiy past koʻrsatkichni topib, 2017 yil 1 avgustda Leyboristlar partiyasi rahbari Andrew Little(ingl.) oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi va partiyani uning oʻrinbosari Ardern boshqardi[12]. Gender kamsitishlarga qaramay, u faol saylov kampaniyasini olib bordi[13].

Uning rahbarligida Leyboristlar partiyasi oʻzining anʼanaviy raqibi Milliy partiyadan soʻnggi oʻn ikki yil ichida birinchi marta soʻrovlarda oldinga chiqdi[14]. Jurnalistlar „Jacindamania“ effekti haqida gapira boshlashdi, oʻshanda Ardern Leyboristlar partiyasiga rahbarlik qilgan dastlabki 10 kun ichida 3 yarim ming koʻngilli ishtirok etgan saylov kampaniyasi uchun 500 ming dollarga yaqin qoʻshimcha xayriya yigʻishga muvaffaq boʻldi.

2017-yil 23-sentyabrda boʻlib oʻtgan umumxalq saylovida Leyboristlar partiyasi 46 oʻrinni qoʻlga kiritib, oʻz vakilligini 14 deputatga oshirdi, biroq Bill English boshchiligidagi NPga 56 oʻrin bilan yutqazdi[15]. Biroq, leyboristlar Yangi Zelandiya birinchi partiyasi bilan hukumat koalitsiyasini tuzishga muvaffaq boʻldi, uni Yashillar partiyasi qoʻllab-quvvatladi.

2017-yilning 26-oktyabr kuni 37 yoshida hukumat rahbari lavozimini egallagab, dunyodagi eng yosh ayol hukumat rahbariga aylandi. Ardern tarixda Jenny Shipliey (1997-1999) va Helen Clarkdan (1999-2008) keyin Yangi Zelandiya bosh vaziri boʻlgan uchinchi ayol boʻldi. Yangi bosh vazir oʻz lavozimidagi ustuvor vazifalarini belgilab berdi: qashshoqlik va ijtimoiy tabaqalanishga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish, yoshlar va ayollar muammolariga eʼtibor. Uning hukumati mamlakatdagi uy-joy inqirozi, ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlik, ayniqsa, bolalar oʻrtasidagi muammolarni hal qilishga eʼtibor qaratdi (maqsad – 2020-yilgacha 100 ming bolani qashshoqlikdan chiqarish).

2023-yil 19-yanvarda Ardern oʻzining isteʼfosi haqida eʼlon qildi[16]. Uning bosh vazirlik muddati 2023-yilning 7-fevralidan kechiktirmay tugatildi[17]. 22-yanvarda Leyboristlar partiyasi yetakchisi lavozimini tark etdi va 25-yanvarda Bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqdi[18].

  1. „New Zealand Hansard – Members Sworn (Volume:651;Page:2)“ (deadlink). Parliament of New Zealand. 23-fevral 2013da asl nusxadan arxivlangan. „arxiv nusxasi“. 2013-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
  2. „Australian journalist surprised by Jacinda Ardernʻs accessibility“. Stuff. Qaraldi: 21-oktyabr 2017.
  3. Election results (Archive.is saytida 1-iyul 2012, sanasida arxivlangan)
  4. „The worldʻs youngest female leader takes over in New Zealand“. The Economist (26-oktyabr 2017). 26-oktyabr 2017da asl nusxadan arxivlangan.
  5. „2017 General Election – Official Results“. Electoral Commission. 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  6. „Новый премьер-министр Новой Зеландии, Джасинда Ардерн: намерена снизить налоги“ (ru). www.teletrade.ru. 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
  7. CNN, James Griffiths,. „Who is New Zealand's next Prime Minister Jacinda Ardern?“. CNN. 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
  8. Phipps, Claire. „Jacinda Ardern is next prime minister of New Zealand, Winston Peters confirms – as it happened“ (en). The Guardian (2017-yil 19-oktyabr). 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
  9. „Jacinda Ardern’s majority may prove to be her biggest challenge“ (en). BBC News (2020-yil 17-oktyabr). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-oktyabr.
  10. „People – New Zealand Labour Party“. 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Kirk, Stacey „Jacinda Ardern says she can handle it and her path to the top would suggest she's right“ (en). The Dominion Post. Stuff (2017-yil 1-avgust). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-avgust.
  12. „Andrew Little quits: Jacinda Ardern is new Labour leader, Kelvin Davis is deputy“. NZ Herald (2017-yil 1-avgust). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  13. Shaw, Richard „The 2017 New Zealand general election will always belong to Jacinda Ardern“ (en). The Guardian (2017-yil 22-sentyabr). 2017-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-oktyabr.
  14. Yelena Morozova. „Politicheskaya volshebnitsa“ iz Novoy Zelandii (Wayback Machine saytida 2024-02-26 sanasida arxivlangan) // „Pravda“, № 126 (30623) 14—15 noyabrya 2017.
  15. „2017 General Election – Official Results“. Electoral Commission. 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  16. „Премьер Новой Зеландии объяснила решение об отставке“. РИА Новости (2023-yil 19-yanvar). 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  17. „Премьер-министр Новой Зеландии уйдет в отставку“. Ведомости (2023-yil 19-yanvar). 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
  18. McClure, Tess. „New Zealand: Chris Hipkins taking over from Jacinda Ardern on Wednesday“. The Guardian (2023-yil 22-yanvar). 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.