Darvish
Darvish (forscha: درویش — turkcha derviš — kambagʻal) qalandar -qashshoq, - o‘zini Alloh yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlagan va o‘zini o‘zi kamolotga yetishtirish yo‘liga kirgan inson. „So’fiy“ so‘ziga sinonim. Darvishlik taʼlimotining asosini zikr tushish orqali xudo bilan „yaqinlashish“ va, hatto, u bilan „qo‘shilib ketish“ mumkin, degan g‘oya tashkil qiladi. Eron, Oʻrta Osiyo, Turkiyada Darvish so‘zi tor maʼnoda — shaxsiy mulki bo‘lmagan kambag‘al, daydi zohidni (16-asr boshigacha -"qalandar" atamasining sinonimi) anglatgan. Darvishning boshlang‘ich maʼnosini bildirgan „kambag‘al“ so‘zi soʻfiylikning ixtiyoriy kambag‘allik, oz narsaga qanoat qilish haqidagi taʼlimotidan kelib chiqqan. Darvishlar muayyan maslak (suluk)ka birlashgan va uning goyalarini targ‘ib qilgan. Darvishlikning mashhur suluklari: naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik va bilan taʼlimoti, amaliyoti, odati va kiyimlaridan qatʼiy nazar, Darvishlar ikki guruh — daydi, doimo darbadarlik qilib yuruvchilarga va shayx, pirlar rahbarligida muqim yashovchilarga bo‘lingan.
Darvishlarning birinchi guruhi erta bahorda dunyo bo‘ylab safarga otlanganlar. Shuning uchun ularni „darbadar“, eshikma-eshik yuruvchi deb ham ataydi. Ikkinchi guruhi hunarmandlar, savdogarlar, turli darajadagi amaldorlar va boshqalardan iborat bo‘lib, uyda yashab, o‘z ishlari bilan shug‘ullangan. Ular har kungi ibodatni bajargan, hafta yoki oyning aniq belgilangan kuni umumiy zikr tushishga qatnashganlar. Inqilobdan oldin Oʻrta Osiyoda ham Darvishlik keng yoyilgan, Darvishlarning faoliyati bilan bog‘liq qalandarxonalar va xonaqoxlar mavjud bo‘lgan. Darvishlik suluklarining taʼsiri Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim mamlakatlarida hozir ham mavjud.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom ensiklopediyasi — Toshkent 2004
Vikiomborda Darvish haqida turkum mavjud |