Kontent qismiga oʻtish

zaif

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

za-if

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arab. – kamquvvat; kasal;

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. Jismonan quvvati kam, bequvvat, nimjon, kuchsiz. ◆ Zaif bola. ◆ Jismonan zaif, keksaroq yoki sovuqqa ancha tasirchan kishilar, yaxshisi, kechqurun yotishdan oldin oyoqqa sovuq vanna qilishlari kerak. "Fan va turmush". ◆ Gulchehra Sultonning titroq, bosgan zaif qoʻllarini qaynoq yosh tomchilari bilan yuvilayotgan yuziga bosdi.. M. Xayrullayev, „Tilla marjoy.“

2. Tembr jihatdan baland, kuchli boʻlmagan; kuchsiz, past. ◆ Gʻulomqodirning ovozi juda zaif chiqdi. "Sharq yulduzi". ◆ Ayol kishining zaif ingragan ovozini eshitib, oʻziga keldida, otilib uyga kirdi. X. Ahrorova, „Orifning davlati“ . ◆ Qoʻrqmang, men.. — dedi Gʻulomjon, kuz yaprogʻiday titrab turgan zaif tovush bilan. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

3. Iqtisodiy yoki harbiy jihatdan nochor, qambagʻal. ◆ Siz koʻrayotgan gigant yonida iqtisodiy zaif xoʻjaliklar tiralib yotsa, bu nomutanosiblikni bizdan keyingi avlodlar kechirarmikan? A. Muxtor, „Boʻronlarda bordek halovat.“

4. Unchalik koʻp boʻlmagan, juda oz; xira. ◆ Zaif shula. ◆ Sariq, moyli qogʻozdan zoʻrgʻa oʻtgan zaif nur toʻquvchi ayollarning tanda ustidagi qoʻllarigagina tushadi. A. Muxtor, „Opasingillar.“

5. Mahorat nuqtai nazaridan kuchsiz, boʻsh; puxta ishlanmagan. ◆ Biz Abdulla Qodiriyning ijobiy fazilatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, undagi ayrim zaif tomonlarni ham koʻrsatib oʻtishimiz zarur. Gazetadan. ◆ Daho ulugʻ shoirning zaif joyini bilib oldi. T. Murod, „Qoʻshiq.“

Aqli zaif Esi past, aqli kam; ovsar, jinni. ◆ Anvarning oʻzi sal aqli zaif ekan, vosvosga tushib qolgan; akalari uni xafa qilgan. Gazetadan. Mizoji zaif Erkakligi sust. ◆ Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi? -Uyalmaymanmi? -Uyalmang. -Uyalmasam.. mizojim zaif. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar.“
Zaif hadis isnodi, dalili kuchsiz, ishonch qozonmagan hadis;

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЗАИФ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

zaif

Tillar

[tahrirlash]

zaif
1 слабый, немощный, бессильный; хилый, болезненный; ◆ zaif yurak слабое сердце; ◆ zaif odam немощный человек; ◆ zaif kishi 1) слабый человек; 2) женщина;
2 небогатый, не располагающий возможностями; ◆ zaif xoʻjalik небогатое хозяйство;
3 несильный, слабый; ◆ zaif nur слабый свет;
4 слабо отработанный, слабый; ◆ zaif asar слабое произведение;
5 разг. женщина; жена.