vodiy
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]vo-diy
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. ^jIj - vodiy; qurib qolgan oʻzan; jarlik
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Daryo boʻylab choʻzilgan yoki togʻlar orasidagi keng tekislik.◆ Daryo vodiysi. Togʻ vodiysi. yaya Katta-kichik vodiylarni qoplab yotgan tuman xuddi koʻlga oʻxshab koʻrinar edi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .◆ Bir tomoningiz — xarsanglar makoni, ikkinchi tomoningiz — ufqqa tutash yam-yashil vodiy. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ .
2 Umuman ekin ekiladigan, obod yer. ◆ Amudaryoni j&yuvlasak, Oʻzbekistonda butun-butun yangi paxta vodiylari yaratiladi. Oybek, „O“ . v. shabadalar.
3 Umuman, mamlakat, yurtning bir boʻlagi; diyor.◆ Choʻlquvarlar bir maqsad — Surxon, Sherobodni bogʻ-rogʻli vodiyga aylantirish orzusi bilan yashamoqdalar. "Oʻzbekiston qoʻriqlari" .◆ Bu chol Gulistondagina emas, butun vodiyda "chavandoz" nomini olgan uloqchi edi. I. Rahim, Chin muhabbat.
4 koʻchma Biror narsa uchun xos boʻlgan joy, makon.◆ Aftidan, uning oʻzi ham afso-naviy goʻzamik vodiysini koʻrishga oshiqardi. S. Karomatov, „Oltin qum“ .◆ Rotamiz jang-chilari yaradorlarni koʻtarib chiqishar, halok boʻlganlar oʻrniga yordamchi jangchilarni er-gashtirib, "ajal vodiysi"ga kirib bori-shardi. T. Rustamov, „Mangu jasorat“ .◆ -Menoʻlim vodiysida xizmat qilganman, — dedi oshpaz. Oybek, „Quyosh qoraymas“ .
- Junun vodiysi Majnunlik, telbalik olami.◆ Junun vodiysiga moyil koʻrarmen joni zorimni. A. Navoiy. Ishq vodiysi Ishq-muhabbat olami. Fano vodiysi Yoʻq-lik (yoʻq boʻlish) olami.◆ Chiqolmay sira maʼlum girdobdan, Fano vodiysini kezgan bandsigar. Gʻayratiy .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ВОДИЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]- Yoqutcha: хочо