Kontent qismiga oʻtish

tanqid

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tan-qid

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

[a. — baho berish maqsadida oʻrganish, tahlil qilish va shu asosdagi xulosa] 1 Ish-harakat, faoliyat, asar, taʼlimot va shu kabilarning yutuqlarini qayd etish, kamchilik va nuqsonlarini belgilash va bartaraf etish maqsadidagi muhokama, tahlil. ◆ Tahlil aylab tersu oʻn-gingdan, Ikkimizni qiladi behol. Xoʻp doʻp-poslab, tanqid soʻngida Ijodimga tilaydi kamol. E. Vohidov, „Muhabbatnoma“ .

2 Biror narsaning toʻgʻri, haqqoniy eka-nini ilmiy tahlil etish, tadqiq etish. ◆ Tarixiy manbalarning tanqidi. Matn tan-qidi.

3 Adabiy faoliyatning badiiy, ilmiy va b. turdagi asarlarni, shuningdek, ularda aks ettirilgan hayotiy hodisalarni talqin va taxdil qiluvchi maxsus turi. ◆ Shaxsan men adabiy tanqid faqat adabiyot uchun emas, u mu man, maʼnaviy hayot uchun zarur ekanini.. yana ham chuqurroq his etdim. U. Normatov, „Talant tarbiyasi“ . ◆ Adabiy-badiiy tanqid bilan adabiyotshunoslik fanining bir-biriga yaqin tomonlaridan tashqari anchagina farq-lari va oʻzgachaliklari ham bor. "UTA" .

4 Kamchilik, nuqson, xatolik va shu kabilarni qayd etish, qoralash, shuningdek, ularni hal etish maqsadida bildiriladigan tan-bexdi fikr-mulohaza, gap-soʻz. Faqat bir narsani — ◆ shu tanqidga qarshi zoʻr bir dalil topib, yengib chiqishni oʻylashar edi. P. Qo-dirov, „Uch ildiz“ . ◆ Tanqid boʻgʻilgan joyda hech qanday taraqqiyot boʻlishi mumkin emas. F. Musajonov, „Himmat“ . ◆ Tanqidning foydasi katta, ishimizni oʻngʻarib olamiz, men buni albatta qilaman. "Mushtum" .

Tanqid qilmoq Tanqid tarzidagi gap-soʻz aytmoq, tanqidiy fikr-mulohaza bildir-moq. ◆ U gʻoʻzalarini oʻt bosgan zveno boshliq-larining, suv bostirib yuborgan suvchilar-ning nomlarini yodaki aytib, tanqid qilar-di. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ . Boʻ-taboyning ishlaridagi kamchiliklarni tan-qid qilganimda, maktab masalasini ham qistiriboʻtsam boʻlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТАНҚИД. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tanqid
критика; // критический; ◆ adabiy tanqid литературная критика; ◆ obyektiv tanqid объективная критика; ◆ oʻz-oʻzini tanqid самокритика; ◆ jurnalning tanqid boʻlimi критический отдел журнала; ◆ tanqid qilmoq, tanqid etmoq критиковать, подвергать критике; ◆ tanqid qilinmoq, tanqid etilmoq подвергаться критике; ◆ tanqidni boʻgʻmoq зажимать критику;◆ tanqid koʻzi bilan qaramoq отнестись критически (к чему-л.).