soat
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]so-at
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. سَاعَة — aniq bir vaqt, lahza; 60 daqiqali vaqt
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Sutkaning yigirma toʻrtdan bir ulushiga teng vaqt va shu muddatni koʻrsatuvchi vaqt oʻlchovi. ◆ Bir soat — oltmish minut. Oradan uch soat oʻtdi. ◆ Otabek Margʻilonga har nimadir bir soat ilgariroq yetish uchun oshiqar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Ellik qadamcha yoʻlni, nazarimda, bir soatda bosganday boʻldim. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“
- Tush paytidan yoki yarim kechadan boshlab shu oʻlchovda hisoblanadigan vaqt oraligʻi; payt. ◆ Qutidor, odatiga qarshi, bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldi-da, Otabekni soʻradi.. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Majlis ponna-poca soat birda boshlandi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ [Hasanali] Uxlamay kutib oʻtirdi. Ammo [Otabek] tungi soat oʻn bir boʻlsa ham kelmas, oʻn ikkida ham daraksiz edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Solih ish vaqti tugashiga ikki soat qolganda narsalarini yigʻishtirdi. O. Moʻminov, „Xiyobondagi uch uchrashuv“ .
- Vaqtni sutka davomida shu oʻlchovda oʻlchaydigan asbob. ◆ Oltin soat. Choʻntak soat. Devor(iy) soat. yaya Charm kamzulli yigit yon choʻntagidan zanjirli soatini oldi, qopqogʻini qirs etkizib ochdi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . ◆ Vrach Mamlakatning tomir urishini soatiga qarab oʻlchadi. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“
- Oʻquv mashgʻuloti uchun belgilangan 40 minutli yoki 45 minutli vaqt, dars. ◆ Oʻzbek tili uchun haftada toʻrt soat ajratilgan. ◆ Bir oʻquvchining bir soat dars qoldirishi hamuning bilimiga taʼsir qiladi. Gazetadan
- Umuman, vaqt, fursat, payt, on. ◆ Tole soatini kutmoqdan oʻzga ilojimiz yoʻq [dedi podshoh Navoiyga]. Oybek, „Navoiy“ . ◆ Bu kungi kech Otabek bilan Homidning qaysi birlarining soʻng soatlari yetganligi shu qorongʻi tun kabi qorongʻi edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Meʼmor boʻlsa ikki shogirdning sap quyushqondan chiqib, taltayishayotganidan ensasi qotib kelardi: koni shundok yaxshi soatlarda uning yonida oʻgʻli Nizomiddin ham boʻlsa! Mirmuhsin, „Meʼmor“
- Maʼlum maqsad uchun belgilangan, xos vaqt. ◆ Qabul soatlari. Ish soati. yaya Urdaga aloqasi boʻlmagan kishilar boqqa kirolmaslar, fakat haftada bir kun koʻngil ochish soatlarida, baʼzi mustasno zotlar uchun bogʻning yoʻli ochiq boʻlar edi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“
- Soat (erkaklar ismi).
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]СОАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]soat
Ruscha ru
soat
1 час, время; // часовой; ◆ soat necha? сколько времени?; который час?; ◆ soat besh времени пять часов; ◆ ertalab soat beshlarda утром часов в пять, приблизительно в пять часов утра; ◆ bugun besh soat ishladim сегодня я работал пять часов; ◆ belgilangan soatda в назначенный час, в назначенное время; ◆ ertalab soat yettida в семь часов утра; ◆ kech soat yettida в семь часов вечера; ◆ soat strelkasi часовая стрелка; ◆ soat poyaslari геогр. часовые пояса; ◆ soatma-soat час от часу; час за часом; ◆ vaqt-soat см. vaqt;
2 часы; ◆ qoʻl soat ручные часы; ◆ choʻntak soat карманные часы;
3 урок, час (учебный); ◆ yettinchi sinfda haftada olti soat oʻzbek tilidan mashgʻulot boʻladi в седьмом классе узбекский язык бывает шесть часов в неделю;
4 Саат (имя собств. мужское, реже женское).