reja
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]re-ja
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]REJA b (REҪA) Bu ot asli 'bajariladigan qurilish ishi toʻfi chikishi uchun tortiladigan ip, chiziq' maʼnosini anglatadi; shu maʼnodan 'moʻljal' maʼnosi oʻsib chiqqan (OʻTIL, I, 620). Bu otdan oʻzbek tilida rejalashtir-feʼli yasalgan boʻlib, 'nima qilishni oldindan moʻljallab qoʻy-’ maʼnosini anglatadi. Reja otiga 'qanday ishlar bajarilishi lozimligining aniq koʻrsatmasi (plan)' maʼnosi nooʻrin yuklatildi
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash][f. j — kir yoyiladigan
ip, arqon; saf, qator] 1 Devorzanlik va shunga aloqador kasblarda: devor va shu kabilarning tekis, toʻgʻri chiqishi uchun ustalar tarang qilib tortib qoʻyadigan ip, sim va sh. k. ◆ Reja olmoq. Reja solmoq. nsh ◆ -Bekturdi aka, — derdi u [Qozoqboy] gʻisht terayotgan ustaga qarab, — gʻishtni yaxshi terayotgan boʻlsangiz ham, reja ipini tortib olmaganingiz yomon. M. Qoʻshoqov, „Usta yigit“ .
2 Biror ishni tartibi bilan va oʻz vaq-tida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy moʻljal. ◆ Ertan-gi ishga bugun reja tuz. Maqol . ■■ ◆ Boʻron rejalarimizni buzolmaydi, taqdirimiz ham boʻronning qoʻlida emas. Sh. Rashidov, „Boʻ-rondan kuchli“ . ◆ Adolat qizlarga oʻz rejasini tushuntirdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ [Brigada aʼzolarining] Har yili paxta tayyor-lash shartnomaviy rejasini mamlakat boʻ-yicha birinchi boʻlib.. uddalashlariga oʻrganib qoldik. Gazetadan .
3 Belgili tartib, qoida, oʻlchov. Ish re-jaga tushdi. n ◆ Bu oilada yeyish-ichish belgili tartib ham rejaga tobe esa-da, har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Albatta, kam-pir kelinlarini roʻzgʻordan siqmasdi. Ammo rejani buzmay, masalliqni isrof qilmay ish tutardi. S. Ahmad, „Saylanma“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]РЕЖА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
reja
1 шнур, верёвка, линейка (служащие для разметки); правило (у мастеров-штукатуров, плотников и т. п.); ◆ reja solmoq (или ◆ reja tortmoq ) разметить линию (с помощью шнура и т. п.);
2 план, намётка; ◆ reja chizmoq наметить план; ◆ rejalar qurmoq строить планы (на будущее);
3 порядок; ◆ rejaga olmoq упорядочить; ◆ rejaga tushmoq упорядочиться; войти в колею; ◆ rejasi bilan 1) по порядку; 2) экономно, расчётливо; по-хозяйски.