goʻsht
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]goʻsht
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]GOʻSHT Bu ot ПРСda [gusht] shaklida (430), ТжРСda goʻsht shaklida
(111), OʻTILda ham goʻsht shaklida (I, 202) yozilgan; demak, oʻzbek tiliga tojik tilidan olingan boʻlib, 'et' maʼnosini anglatadi. Soʻzlashuv tilida bu ot oxiridagi t tovushi talaffuz qilinmay goʻsh tarzida ham aytiladi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Tirik organizmning mushak toʻqimalari; et. ◆ Tomirlarda qon qaynab, koʻzlarda oʻt chaqnardi, mushak goʻshtlari poʻlatday qotib ketgan edi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .
2 Soʻyilgan jonivor tanasining ovqat sifatida isteʼmol qilinadigan qismi; et. ◆ Qoʻy goʻshti. Tovuq goʻshti. Qovurilgan goʻsht. ^Ahmad Tanbal chinni lagandagi goʻshtga endi qoʻl uzatganda, eshik sekin ochildi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ .
3 Baʼzi bir mevalarning yeyiladigan qismi, eti.
- Bir-birining goʻshtini yemoq Doim bir-biri bilan urishmoq, jiqqamusht boʻlmoq. Bir qop goʻsht Qoʻlidan hech narsa kelmaydigan, landavur odam haqida. ◆ Roʻziboy deganimiz bir qop goʻsht boʻldi-qoldi. "Gul-dasta" . Goʻshtingni yeyman Doʻq, poʻpisa maʼnosidagi ibora. Yeyman deydi goʻsh(t)ini, Qayraydi kal tishini. "Ravshan". Goʻshtini bir burdadan qilmoq Rosa urmoq, kaltaklamoq, savalamoq. ◆ -Koʻp yengillik qilib hingillay bermanglar! Otang koʻrib qolgudek boʻlsa, seni ham, meni ham goʻshtimizni bir burdadan qiladi,— deb to eshikdan chiqib ketguncha javrab qoladilar. Oydin, „Bechora“ . Nomaʼqul buzoqning goʻshtini yemoq 1) xato qilmoq, adashmoq; 2) nodonlik qilmoq. ◆ -Nomaʼqul buzoqning goʻshtini bir yedik-da,— deydi Berdi tatar. A. Qodiriy, „Obid ketmon“ . Qip-qizil goʻsht Hech vaqosi yoʻq, kambagʻal, nochor. ◆ -Hol soʻr, ammo hamyonni ham soʻr, uka! Bilasan-ku ahvolimizni, qip-qizil goʻshtmiz,
— dedi Umarali. Oybek, Ulugʻ yoʻl.
Sinonimlari
[tahrirlash]Et
Antonimlari
[tahrirlash]ГЎШТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
goʻsht
1 мясо; // мясной; ◆ qoʻy ~i баранина; ◆ mol ~i, soʻqim ~i говядина; ◆ ot ~i конина; ◆ buzoq ~i телятина; ◆ qiyma ~ фарш; ◆ lahm ~ мякоть, мясо от костей; ◆ ~ kombinati мясокомбинат; ◆ ~ tayyorlash мясозаготовки; ◆ ~ mahsulotlari мясопродукты; ◆ ~-sut sanoati мясо-молочная промышленность; ◆ ~ somsa мясной пирожок, пирожок с мясом; ◆ ichak-qorin ~ boʻlmas, dushman aslo doʻst boʻlmas посл. потроха не станут мясом, а враг никогда не станет другом;
2 мякоть (плода и т.д.);◆
- qip-qizil ~ гол как сокол; ◆ bir-birining ~ini yemoq грызть друг друга, грызться, есть друг друга поедом; ◆ nomaʼqul buzoqning ~ini yebsiz! зря вы это говорите! неправильно вы поступаете (поступили)!