Kontent qismiga oʻtish

epchil

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ep-chil

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

EPCHIL ’ishni ustalik bilan chaqqon bajaradi — gan’. Ukangiz e p ch i l yigit ekan. Bu sifat ’udda' maʼnosini anglatuvchi ep otidan (ЭСТЯ, I, 286) eski oʻzbek tilida -chil qoʻshimchasi bilan yasalgan boʻlib (КРС, 959), 'eplashga usta' maʼnosini bildirgan: ep +

chil = epchil.    _
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ishni tez va uddaburonlik bilan bajarish qobiliyatiga ega; uddaburon. ◆ Bizda hushyor savdogarlar, epchil boylar bor, ular koʻpaymoqda. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Krrachadan kelgan, epchil Mahkamboy aka maslahat oshlari tepasida turgani uchun, har bir toʻy va maʼraka risoladagidek oʻtar-di. M. Osim, „Tilsiz guvoh“ .

2 Tez, chaqqon harakatli; shunday hara-kat bilan. ◆ Epchil bir yigit darhol kino-apparatini gʻilofidan chiqarib, maxsumni suratga ola boshladi. H. Gʻulom, „Zamin yul-duzlari“ . ◆ Hamma Nazir ota kabi shiddatkor, Goʻyo ovga chiqqan epchil, zoʻr burgut. R. Bobojon . ◆ Keyin epchil oʻrnidan turib, elektr ustara-da soqolini qirtishladi. F. Musajonov, „Qalb amri“ . ◆ Oʻktam.. chiroyli saman otiga epchil mindi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЭПЧИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]