buzmoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]buz-moq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]1 Parchalab yoki qoʻporib, agʻda-rib yoʻq qilmoq; ishdan chiqarmoq, yaroqsiz holga keltirmoq; vayron qilmoq, yemirmoq. ◆ Devorni buzmoq. Uyni buzmoq. Oʻyinchoqni buzmoq. Uy buzganning uyi buzilar. Maqol.◆ Ot-ning yomoni oxur buzar. Maqol. m◆ ..ilonning oʻrdasini buzganingiz chakki boʻpti-da, oʻgʻlim. M. Mansurov, Yombi.Dadavoy Xadichaga:
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]◆ Soat meniki. Buzadigan ham oʻzim, tuzata-digan ham oʻzim. Uygʻun, Navbahor.◆ Jaynoq, qulfni buzma, yaxshilik koʻrmaysan. N. Safarov, Sharq tongi.
2 Oʻzgartirib, boshqa maqsadsa foyda-lanish uchun moslamoq.◆ Bedani buzib, paxta ekmoq. Paltoni buzib, kostyum qilmoq. shsh ◆ Mana, kanal bitdi, mana bu toʻqaylarni buzib, yangi yer ochayotibmiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆ Uyda bir eski gilamcha bor edi, uni buzib, yana bir xurjun qilib olar edim. Mirtemir.
3 Insonning biron-bir ruhiy holatiga, osoyishtaligiga ziyon keltirmoq, zarba bermoq.◆ Ikromjon xotinining quvonchini buzgi-si kelmadi. S. Ahmad, Ufq.◆ Eski turmush quz-gʻunlari, bir yangi turmush qurgan oilaning turmushini buzmoq uchun qanday hiylalar qilgansiz. Hamza, Tuhmatchilar jazosi.
4 Jamoaviy qoidalarga, turmush tarziga xilof ish qilmoq, unga rioya (amal) qil-maslik.◆ Qonunni buzmoq. Intizomni buzmoq. n Sen, rais, umumiy yigʻilish qarorini buzma, oʻzboshimchalik qilma, ha, yomon oqibat-larga olib keladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.◆ Uz ahdingni buzib, inkor aylama. Habibiy, Devon.
5 Zararli taʼsir koʻrsatib, ishini, faoliyatini yomonlashtirmoq.◆ Yogʻli ovqat meʼdani buzadi.
6 Mavjud vaziyatni, holytni oʻzgartir-moq, unga xalal bermoq.◆ Tinchlikni buzmoq. Suhbatni buzmoq. n Bu jimlikni oxiri Jannat buzdi. S. Ahmad, Ufq.◆ Begʻam, betashvish doʻstlar shirin uyquda edilar. Elmurod ularning uyqusini buzmaslik uchun asta karavoti yoniga bordi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
7 Haqiqatdagidan, aslidagidan boshqacha qilib yubormoq.◆ Haqiqatni buzib koʻrsatmoq. Soʻzni buzib yozmoq. Fikrni buzib tal-qin qilmoq. m -Mezbon qani, Teshabay? — dedi u, rus tilini nemislarga xos bir talaf-fuz bilan buzib. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
8 Uddasidan chiqa olmay, yomon yoki yaroqsiz qilib qoʻymoq.◆ Oshni buzib qoʻyibsiz. Suratni buzib qoʻyibsiz.
9 Inson axloqi, feʼl-atvorini yomon tomonga oʻzgartirmoq.◆ Kishining zari kishini buzar, zarni koʻrgan — zanjirni uzar. Maqol. ◆ m Hali erimniyam buzyapman deng? Hamza, Tuhmatchilar jazosi.
10 Oʻzaro munosabatlarni yomonlashtirmoq, chatoqlashtirmoq.◆ Yaxshi oʻgʻil yurt tuzar, yomon oʻgʻil yurt buzar. Maqol. n◆ Jahl ustida urishib qolgan boʻlsangiz, ehtimol, yarashib qolarsiz. Oilangizni buzmang! Mirmuhsin, Umid.◆ Kimki odamlar oʻrtasini buzib yuruvchi boʻlsa, u ham moʻmin emasdir. "Fan va turmush".
11 Bokiralikdan judo qilmoq, nomusiga tegmoq.◆ Ahmoq yigit nodonlik qilib, qizni buzib qoʻyibdi.
12 Biror harakatni, marosimni toʻx-tatmoq.◆ Sen buzding Nodirshohning toʻyini.. "Yusuf va Ahmad".
13 Foydalana boshlamoq (yaxlit yoki yangi narsalardan).◆ Pulni buzmoq. Bochkadagi yogʻni buzmoq.
- Goʻshtni buzmoq Butun molning goʻshtini boʻlaklarga boʻlmoq, burdalamoq. Koʻngilni buzmoq 1) koʻnglini vayron qilmoq, dilini ogʻritmoq.◆ Dildor ana shunday koʻngilni buzadigan oʻylar bilan band edi. S. Ahmad, Ufq; 2) boshqa xayolga kelmoq, umidsizlanmoq. ◆ Umidingni uzma, koʻnglingni buzma. Maqol. Olamni {yoki dunyoni) buzmoq Atrofni boshga koʻtarmoq, larzaga solmoq.◆ Ichkarida xotinlar majlisi: ..birov yor-yor oʻqib, tagʻin bit-tasining quvonchi ichiga sigʻmay xoxolab, dunyoni buzadi.. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. ◆ Baʼzilar borki, qilar ishining tayini yoʻq, daʼvosi olamni buzadi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda. Taxini buzmoq Kiyilmagan kiyim, tutilmagan oʻrin-bosh va shu kabilardan foydalana boshlamoq. Xayolni buzmoq Xayolni boʻlmoq, sochmoq.◆ Faqat oshxonadan chiqib kelayotgan kelinning salomigina uning xayo-lini buzdi. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan. Husn buzmoq Husniga moye tushmay, koʻzga yomon qilib koʻrsatmoq.◆ Endi uning xayolini band qilgan narsa qishloqning husnini buzib turgan eski goʻristonni koʻchirish muammosi edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆ Ma-hallada, shoir Shukrullo taxta imorat qurib, koʻchamizning husnini buzdi, unda did yoʻq ekan-ku, degan gap tarqalibdi. Shukrullo, Saylanma.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БУЗМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]OʻTIL
Feʼl
[tahrirlash]buzmoq buzmoq
Ruscha ru
buzmoq
1 ломать, сломать; разрушать; сносить; ◆ imoratni buzmoq ломать (сносить) постройку; oʻyinchoqni buzib qoʻyding ты испортил (сломал) игрушку; ◆ bedapoyani buzmoq распахивать люцерновое поле; paltoni buzib kostyum qilmoq переделывать пальто на костюм;
2 нарушать, мешать; ◆ uyquni buzmoq нарушать сон; ◆ tinchlikni buzmoq нарушать покой; ◆ shartnomani buzmoq нарушать договор;
3 разваливать; проваливать, расстраивать (какое-л. дело); yaxshi oʻgʻil yurt tuzar, yomon oʻgʻil yurt buzar посл. хороший сын объединяет народ, а плохой - разъединяет;
4 прям. и перен. портить, расстраивать; munosabatni (или orani)◆ buzmoq портить отношения; ◆ oshni buzmoq портить плов; ◆ meʼdani buzmoq портить, расстраивать желудок; ◆ toʻyni buzmoq расстраивать (чью-л.) свадьбу;
5 портить, развращать; ◆ axloqni buzmoq развращать;
6 извращать, искажать; haqiqatni buzib koʻrsatmoq представлять истину в извращённом виде;
7 разнимать, разрезать, разделять (на части); ◆ goʻsht buzmoq разделывать тушу (напр. барана);
8 начать использовать (что-л.); ◆ pulni buzmoq начать тратить (отложенные) деньги; ◆ taxni buzmoq 1) распечатать новую пачку (денег); 2) одевать впервые (какую-л. неношенную одежду); ◆ bochkadagi yogʻni buzmoq начать бочку масла.