buvi
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bu-vi
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BUVI ’ota-onaning onasi’. B u v i m hozir ham koʻzoynaksiz ish tikadi. Boshqa maʼnolar qatori ’ota-onaning onasi’ maʼnosini anglatgan bu soʻz qadimgi turkiy tilda bibi tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, II, 127); keyinchalik ikkinchi boʻgʻindagi b undoshi v un — doshiga, shuning taʼsirida birinchi boʻgʻindagi i unlisi u unlisiga almashgan: bibi > buvi. Hozirgi oʻzbek ti — lida atoqli ot tarkibida bu soʻz bibi shaklida ham qatnashadi: Ânäbibi, Xâlbibi kabi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Otaning yoki onaning onasi. ◆ Mungli koʻzlari mehrga toʻla bu nozik kampir Shukurovga marhum buvisini eslatdi. O. Yoqubov, Diyonat.◆ Bola buvisiga talpindi. "Saodat".
2 shv. Ona, oyi.◆ -Yigʻlamang, buvi, xudoning irodasi, — dedi Gʻulomjon, bunday gaplar onasining qalbiga malham boʻlmasligini bilsaham. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
3 Tilga olinayotgan kishi ismidan keyin kelib, shaxsning keksaligini, unga yaqin-lik, hurmatni ifodalaydi.◆ Gulsum opa idoradan chiqib, toʻgʻri Mohira buvinikiga ketdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.◆ Niso buvi, eri oʻlib, ikkita yosh qizi bilan qoldi. A. Qahhor, Asarlar.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БУВИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]OʻTIL