Kontent qismiga oʻtish

Jaloliddin Rumiy

Vikiiqtibosdan olingan
Jaloliddin Rumiy
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Jaloliddin Rumiy (30-sentyabr 1207-yil, Balx, Afgʻoniston; 17-dekabr 1273-yil, Ko`niya, Turkiya) — Dunyoning ulugʻ donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy insondir.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Ey inson, bu olamdagi junbush va dabdabaga aldanma! Uyquda ko‘rgan tushingda vujuding qiyma-qiyma bo‘lsa ham, qo‘rqma! Zero, bu dunyo bir uyqudan iboratdir[1].
  • Ey inson, qo‘llaringdagi zanjirlarni yech, hur bo‘l! Tokay oltinning, zer-u zabarning asiri bo‘lasan?![1]
  • Haddidan oshmasin orzuning koʻpi,
    Togʻni koʻtarolmas bir somon choʻpi[1].
  • Har sabrning oxiri zafar,
    Har achchiqning ketidan shakar[1].
  • Kechagina dono va aqlli edim, dunyoni oʻzgartirmoqchi edim! Bugun esa hakim va donishmandman. Shuning uchun nafsimni oʻzgartirmoqchiman[2].
  • Ko‘p xafa bo‘lma! Shuni yaxshi bilki, qancha yig‘lasang shuncha kulasan... Hamma narsani tugadi deb ham o‘ylama!.. Qancha sevsang shuncha sevilasan...
  • Insonlar kitob kabidir. Muqovasiga qarab aldanmang. Haqiqiy qiymatini oʻqishni boshlagach bilasiz[3].
  • Qanday bo‘lsang, shunday ko‘rin, qanday ko‘rinsang, shunday bo‘l[1].
  • Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi[1].
  • Oʻlim yo‘lda turib, bizni kutmoqda. Inson esa sayr qilish va umrni behuda sarflash bilan ovora[1].
  • Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
    Gʻarb dunyo topdi, Allohdan kechib[1].
  • Shunday insonlarni koʻrdim ustida kiyimi yoʻq. Shunday kiyimlarni koʻrdim, ichida insoni yoʻq[3].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet. 
  3. 3,0 3,1 Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.