Ateizm
Qiyofa
Ateizm xudoning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu nooʻrin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq toʻgʻri emas, baʼzi dinlar (buddizm kabi) „xudo“ tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin.
Ateizm haqida iqtiboslar
[tahrirlash]- Xudo doim kuchli qoʻshinlar tomonidadir.
- Voltaire, François-Louis-Henri Lerichega yozilgan xatidan parcha (1770-yil 6-fevral)
- Shuningdek, 1735—1750-yillar orasida topilgan kundaligida yozilgan: On dit que Dieu est toujours pour les gros bataillons (asl matn)
- Xudodan jannat uchun yoʻl soʻramang. Yoʻqsa, u sizga eng qiyin yoʻlni koʻrsatadi.
- Stanisław Jerzy Lec, Unkempt Thoughts kitobidan (1957-yil)
- Xudoga shukurki, haliyam ateistman.
- Luis Buñuel, „Luis Buñuel’s Aphorism 'Thank God I’m an Atheistʼ“. aphelis.net saytida
- Je suis toujours athée, gràce á Dieu. (asl matn)
- Handaqda ateist topolmaysiz. (ing.)
- William Thomas Cummings, Field Sermon on Bataan (1942-yil),
- „Handaqda ateist topolmaysiz“ argumenti ateizmga emas, handaqlarga qarshi argumentdir.
- James Morrow, Towing Jehovah romani 8-bob, 213-bet (1994-yil)
- Dunyoviy maktablar yaramaydi, chunki ularda diniy taʼlim yoʻq, zero diniy asossiz berilgan maʼnaviy ozuqa pufakdan qurilgan inshoot kabidir; demak, barcha taʼlim-tarbiya eʼtiqodga suyanishi lozim; biz eʼtiqodli odamlarga muhtojmiz.
- Adolf Hitler, 1933-yil 26-aprelgi nutqidan The German Churches Under Hitler. Detroit: Wayne State University Press, (241-bet).
- Bu gipotezaga ehtiyoj yoʻq.
- Pierre Simon Laplace, Napoleon nega Laplace Osmon mexanikasida Xudoga oʻrin bermaganligi haqidagi savoliga javob berarkan. (Boyer 1968, 538-bet)
- Odamsimon Xudo gʻoyasi menga antropologik konsept kabi tuyulayapti, men esa buni jiddiy qabul qila olmayman.
- Albert Einstein, „Din va sanʼat“, New York Times jurnali (1930-yil 9-noyabr).
- Men uchun xudo soʻzi inson zaifliklari ifodasidan boshqa narsa emas. Injil muqaddasdir, ammo baribir ibtidoiy afsonalar toʻplamidan boshqa narsa emas. Undagi gaplar juda bolalarcha yozilgan. Qanchalik nozik boʻlmasin, hech qanday talqin mening bu boradagi fikrimni oʻzgartira olmaydi.
- Albert Einstein, Gutkind maktubi (1954-yil 3-yanvar), „Childish superstition: Einsteinʼs letter makes view of religion relatively clear“. (The Guardian. 2008-yil 13-may)
- Mening dinim yoʻq va baʼzida men barcha dinlarning dengiz tubida yotishini xohlayman. Mamlakatni boshqarish uchun dinga ehtiyoj sezgan hukmdor zaifdir. Bu oʻz xalqini zindonda saqlashdek gap.
- Mustafa Kemal Atatürk. Otaturkdan , Andrew Mangoning The Biography of the founder of Modern Turkey kitobida Atatürkdan iqtibos. (1928-yil)
- Xudoning quvvati cheksizdir, u nimaiki istasa, albatta boʻlgay; Biroq na odam, na boshqa biror hayvon baxtli emas; demak u hech kimga baxt tilamaydi. Epikurning qadimgi savoli hamon javobsiz. Xudo yovuzlikni ham yenga olib, ham uni yengishni istaydimi? U holda yovuzlik nega mavjud?
- David Hume, Dialogues Concerning Natural Religion kitobi, 10-boʻlim. (1789-yil)
- Agar ibtidoga qaytsak, shuni koʻrar edikki, rad va qoʻrquv xudolarni yaratdi; xayolot, entuziazm va yolgʻon ularni bezadi; ojizlik ularga ibodat qildirdi; ishonch ularning tiraniyasini qoʻllab, hurmat qilishga undab, odamlarni koʻrlikda ushlab turibdi. Agar tabiatni rad etish xudolarni paydo qilgan esa, tabiatni tanish ularni yoʻq etgay.
- Har bir qishloqda mash’ala bor: Oʻqituvchi. Oʻt oʻchirgich ham bor: Ruhoniy.
- Victor Hugo, Il y a maintenant en France dans chaque village un flambeau allumé, le maître d'école, et une bouche qui souffle dessus, le curé (asl matn), Deuxième Journée. La lutte, 3-boʻlim: La barricade Saint-Antoine
- T. H. Joyce va Arthur Locker asari The History of a Crime: The Testimony of an Eye-Witness (1877-yil), 3-boʻlim: The Second Day
- Victor Hugo, Il y a maintenant en France dans chaque village un flambeau allumé, le maître d'école, et une bouche qui souffle dessus, le curé (asl matn), Deuxième Journée. La lutte, 3-boʻlim: La barricade Saint-Antoine
- Odamlar ikki turdir:
Miyali, biroq dinsiz,
Dini bor, lek miyasiz.- Maarriydan iqtibos, Amin Maaloufning Les Croisades vues par les Arabes (ing.) nomli asarida, 37-sahifa (1984)
- Xudo sir-sinoatlarni izohlash uchun ixtiro qilingan. Xudo doim siz anglamaydigan narsalarni izohlash uchun toʻqib kelingan. Lekin siz baʼzi narsalarning qanday ishlashini bilib olganingizdan soʻng, Xudoni qonunlar bilan almashtira boshlaysiz; unga ehtiyoj sezmaysiz. Lekin unga boshqa sir-sinoatlarni izohlash uchun muhtoj boʻlasiz. Shu asnoda, siz uni olamning yaratuvchisi sifatida tan olib qolaverasiz, chunki haligacha biz bilmaydigan narsalar koʻp. Bu olam sirlarga toʻladir. Siz Xudoga fan allaqachon izohlagan, ammo siz bu izohlarni tushunmaydigan paytlarda „murojaat etasiz“. Masalan ruhiyay, hayot davomiyligi, oʻlim va hk. Xudo doim siz tushunmaydigan narsalar bilan bogʻliq boʻladi.
- Richard Feynman, 1956-yil 2-may sanasidan [ http://calteches.library.caltech.edu/49/2/Religion.htm qaydlar, Caltech YMCA forumi]da
- Fanning eng katta ijtimoiy vazifalaridan biri odamlarni irim-sirimdan ozod etishdir.
- Steven Weinberg, Facing Up: Science and Its Cultural Adversaries kitobi, 242-bet (2001-yil)
- Fanni dinning qoʻllab-quvvatlanishi yoki buzilishi evaziga oʻrgatish kerak emas. Fanni dinga bogʻlamay oʻrgatish lozim.
- Steven Weinberg, Beyond Belief : Science, Religion, Reason and Survival konferensiyasidagi taqdimotining yopilish qismidan (2006-yil 5-noyabr)
- Din inson shaʼnini haqoratlaydi. U boʻlsa ham, boʻlmasa ham yaxshi odamlar yaxshilik qiladi, yomon odamlar esa yomonlik. Lekin din yaxshi odamlarni yomonlik qilishga unday oladi.
- Steven Weinberg, The Value of Science kitobidan (1955-yil)
- Madaniyatimiz qarshisida turgan buyuk illat bu yakkaxudolikdir. Eski Ahd deb nomlangan bronza davri vahshiy kitobidan uchta antiinsoniy dinlar — yahudiylik, xristianlik va islom paydo boʻldi. Bular osmon xudosi dinlari. Ular tom maʼnoda patriarxaldir. Ularning fikrcha Xudo Qodir Otadir. Bu kabi fikrlar ortidan Xudosining yer ustidagi vakillari tomonidan 2000 yil davomida koʻplab mamlakatlarda ayollardan nafratlanib kelishmoqda. Osmon xudosi rashkchi xudo, albatta. U yer yuzidagi hammadan toʻliq itoatkorlikni talab qiladi. Chunki u faqat bir qabila uchun emas, balki butun insoniyat uchun oʻzini boshliq deb biladi. Uni rad etganlar oʻz manfaati uchun iymon keltirishi yoki aksi boʻlgan taqdirda oʻldirilishi kerak. Oxir oqibatda, totalitar tuzumlar osmon xudosining maqsadiga xizmat qila oladigan yagona siyosat turiga aylanib qolishdi.
- Gore Vidal, „America First? America Last? America at Last?“ nomli Harvard universitetidagi leksiyasidan (1992-yil 20-aprel)
- Odamlar fan diniy qarashlarni yemirishi mumkin, deb xavotirlanib kelishgan. Jin ursin, menimcha ular haq edilar. U diniy qarashlarni yemirarkan va yaxshi narsa ekan.
- Steven Weinberg, 2004-yilgi w:The Atheism Tapes kitobidan iqtibos
- Meni Xudo bilan muammom yoʻq, meni muammom odamlar bilan
- Charlie Chaplin, Monsieur Verdoux filmi (1947)
- Barcha fikrlaydigan kishilar ateistdirlar.
- Ernest Hemingway, A Farewell to Arms (1929-yil), 13-bet