Xorazm (stadion)
Sobiq nom(lar)i | Xorazm stadioni |
---|---|
Joyi | Xorazm, Oʻzbekiston |
Qachon qurilgan | 1983-yillari |
Qachon ochilgan | 1983-yil |
Qachon taʼmirlangan | 2002-2003, 2014-2022yillari |
Egasi | Xorazm futbol klubi |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 13.500 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Xorazm futbol klubi |
Xorazm stadioni – 1983-yilda ochilgan koʻp funksiyali sport majmuasi. Urganch shahrida joylashgan boʻlib, 13500 tomoshabinni sigʻdira oladi. 1983-yilda qurilgan. Xorazm futbol jamoasining uy stadioni.[1][2]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urganchdagi „Olimpiya“ stadioni 1983-yilda qurilgan. Stadion oval shakliga ega boʻlib, dastlab futbol oʻyinlari va yengil atletika musobaqalari uchun moʻljallangan. Tabiiy oʻtli futbol maydoni, oʻlchami 104x67 metr. Sigʻimi 20 000 tomoshabinga moʻljallangan.
2002-yilda „Umid nihollari-2003“ oʻyinlari munosabati bilan stadionni toʻliq rekonstruksiya qilish boshlandi va 2003-yilda yakunlandi. Stadion rekonstruksiya qilinganidan soʻng yozgi suzish havzasi, ikkita futbol mashgʻulot maydonchasi, shuningdek, sport zallari qurilib yaxlit majmuaga aylandi. Tribunalar ustida tom qurildi, tribunalar plastik oʻrindiqlar bilan jihozlandi, elektron tablo oʻrnatildi. Stadion nomi „Xorazm“ sport majmuasi deb oʻzgartirildi. U ochilish vaqtida Oʻzbekistondagi toʻliq jihozlangan birinchi stadion edi. Qayta qurish tugallangandan soʻng uning sigʻimi 13 500 tomoshabinni tashkil etdi.[3][4]
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sport majmuasi tarkibida futbol va yengil atletika stadioni, yozgi suzish havzasi va ikkita mashgʻulot maydonchasi mavjud. Futbol stadionida sportchilar, hakamlar, murabbiylar, futbol maʼmurlari uchun binolar qurilgan. Stadion zamonaviy audiotizim, 7×3 m video doskasi, zamonaviy yoritish uskunalari (500 lyuks m²) bilan jihozlangan.
Xorazm" sport majmuasi 2015-yilda „Umid nihollari“ musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida taʼmirlashga yopilgan.
2019-yil iyun oyida „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ homiyligida Toshkentning „Rita invest“ firmasi bilan Janubiy Koreyaning „Kentucky Blugrass“ navli chimini ekish boʻyicha shartnoma tuzilgan.[5][6]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Xorazm stadioni (Oʻzbekiston Urganch)
-
Xorazm stadioni (Oʻzbekiston Urganch)
-
Xorazm stadioni (Oʻzbekiston Urganch)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://stadion.uz/uz/news/detail/290815
- ↑ „"Хоразм"нинг янги стадиони қандай кўринишда? (Фотогалерея)“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „Urganchdagi katta stadion futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyorlanmoqda“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ Ofitsialniy sayt PFL Uzbekistana pfl.uz
- ↑ https://kun.uz/ru/page/about
- ↑ „Xorazmda 2014 yildan beri ishlamayotgan stadion foydalanishga topshirilishga yaqin“. 2022-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stadion Xorazm . Worldstaduims.com. (Wayback Machine saytida 2021-08-29 sanasida arxivlangan)
- Xorazm stadioni . Uz.geoview.[sayt ishlamaydi]