Kontent qismiga oʻtish

Xettlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xett imperiyasi
Ḫa-at-tu-ša

m.a. 1650 — m.a. 1178



Poytaxti Xattusa
Til(lar)i Xett, Xatt, Luviy, Akkad
Dini Xett dini
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya (eski podsholik)

Konstitutsiyaviy monarxiya (yangi podsholik)

XettlarKichik Osiyoda qadimda yashagan xalq. Xett tilida soʻzlashgan. Shuning uchun ham odatda X. yoki ularning avlodlari Kichik Osiyoga Bolqon ("gʻarbiy" nazariya) yoki Kavkaz orqali ("sharqiy" nazariya) kelib joylashgan deb hisoblanadi. Qad. Xett podsholigida shaharlarning sharqqa xos uslubda qurilishi X.ning Kavkaz orqali koʻchib kelganini koʻproq tasdikdaydi. Anatoliyaning savdo markazlaridan topilgan akkad tilida yozilgan hujjatlarda xett tiliga mansub soʻzlar va shaxs nomlarining uchrashi, X.ning mil. av. 3—2ming yilliklardan boshlab Kichik Osiyoda yashay boshlaganligini koʻrsatadi. Mil. av. 14—12-asrning boshlarida Xett podsholigida xett tili asosiy davlat tili boʻlsada, X. boshqa etnik guruhlar bilan qoʻshilib keta boshlagan.

Yana qarang: Xettlar madaniyati.