Xayfon
Qiyofa
Xayfon — Vyetnamdagi shahar. Atrofidagi hududlar bilan markazga boʻysunuvchi maxsus maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 784 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Xongxa daryosi deltasining shimolidagi yirik dengiz porti. Mamlakatning muxim sanoat markazi. Sement, oynashisha, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, kemasozlik, kema va avtomobillarni taʼmirlash hamda boshqa korxonalari mavjud. Anʼanaviy hunarmandchilik rivojlangan. Baliq ovlash markazi. Shaharga 19-asrda asos solingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |