Vaysxon
Qiyofa
Vaysxon | |
---|---|
Vafoti | 1428 |
Otasi | Shir Ali Oglan |
Vaysxon, Uvaysxon, Sulton Uvays oʻgʻlon (7—1428) — Moʻgʻuliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415—18)ni oʻldirib taxtni egallagan. V. Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq boʻlib amakisi, Moʻgʻuliston xoni Shermuhammadxon (1421—24) bilan taxt uchun oʻzaro kurash olib borgan. Ili daryosi boʻylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415— 25) bilan muntazam (61-marta) urushlar qilgan. "Tarixi Rashidiy"da qayd qilinishicha, V. oʻta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |