Kontent qismiga oʻtish

Ungur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ungurgumbaz shaklidagi shipli va ogʻzi keng, uncha chuqur boʻlmagan gʻor; tor yoʻlakdan soʻng gʻorning kengaygan qismi; erigan suvlar oqib chiqib ketadigan muz tili uchidagi chuqur. Yirik U. balandligi 100 m cha boʻladi, eni bir necha 100 m ga yetishi mumkin. U., asosan, togʻ jinslarining yer osti, kam hajmda dengiz suvlari taʼsirida erishidan yuzaga keladi. Tektonik yoriqlardagi butkul toʻlib qolmagan boʻshliqlar ham U. deb ataladi. U.da koʻp hollarda boksit, fosforit, gips va hokazo toʻplanadi. U.lar qurilish ishlari (yoʻl qurish, gaz va neft quvurlari oʻtkazish)ga salbiy taʼsir koʻrsatadi. U.dan sanoat chiqindilarini koʻmib tashlash, neft va boshqalarni saqlash uchun sigʻim sifatida foydalaniladi. Baʼzi U.lar turizm obʼyekti hisoblanadi. Oʻzbekistonda Turkiston, Nurota, Chatqol togʻlarida keng tarqalgan. Pavilon koʻrinishidagi sunʼiy U.lar 1718-asrlarda Yevropa bogʻpark meʼmorligida keng urf boʻlgan.