Kontent qismiga oʻtish

Tuynuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuynukbino devori, shiftiga maxsus ishlangan teshik: toʻrtburchak, doyra shaklida boʻladi. T. xona ichiga yorugʻlik tushishini, havo almashinib turishini taʼminlaydi. Ayrim kulba, oʻtovlarda hamda mahalliy oshxona, tandirxonalarda shiftga, devorning yukrri qismiga ishlangan T.lar tutun chiqishiga xizmat qiladi. Masjid, madrasa, tim, toqi kabi binolarda T. panjara bilan bezatilgan. Harbiy istehkom va qalʼa devorlarida T. dan oʻq otish, dushmanni kuzatish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.