Kontent qismiga oʻtish

Toshkentdagi ShHT sammiti (2004)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Toshkentdagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti (2004)
Mezbon davlat Oʻzbekiston
Sana 2004-yilning 16—17-iyun kunlari
Shaharlar Toshkent
Ishtirokchilar Vladimir Putin
Nursulton Nazarboyev
Asqar Akayev
Emomali Rahmon
Hamid Karzay
Rais Islom Karimov
Keyingi 2005
Avvalgi 2003

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2004-yilgi sammiti — tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Toshkentda 2004-yil 16-17-iyun kunlari boʻlib oʻtgan ucharshuvi[1].

Uchrashuvning asosiy masalasi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdan iborat edi. Olti davlat prezidentlari bir qator qo‘shma hujjatlarni imzolagan. Toshkentda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi binosining tantanali ochilishi bilan boshlangan. Tashkent Intercontinental mehmonxonasining Kongress-markazi binosida Tashkilot davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bo'ldi. Islom Karimov kun tartibini o‘qib eshittirdi. Ayni paytda shu binoda delegatsiyalarning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan[2].

Rasmiy suratga olishdan so‘ng Toshkent deklaratsiyasi, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar kontrabandasini nazorat qilish to‘g‘risidagi bitim kabi bir qator hujjatlar imzolanishi bilan yakunlandi. Mo'g'uliston ShHT doirasida kuzatuvchi sifatida tasdiqlangan. Kengaytirilgan yig‘ilishda Afg‘oniston rahbarining ham chiqishi tinglandi.