Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Xalqaro nomi |
Tashkent state technical University Named after Islam Karimov |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1918- yili |
Rektori | Sadriddin Turobjonov |
Fakultetlar |
Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Toshkent davlat texnika universiteti Nukus filiali |
Talabalari | 23268 |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Manzili |
Toshkent, Olmazor, Universitet koʻchasi, 2. |
Veb-sayti | tdtu.uz |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti – Oʻzbekistonda elektrotexnika, mexanika, texnologiya, geologiya va energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining „Texnika“ fakulteti tarkibida „Elektromexanika“ boʻlimi ochilgan boʻlib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham moʻljallangan edi. 1920-yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega boʻlgach, unda „Maxsus mexanika“ boʻlimi taʼsis etilib, 69 talaba taxsil ola boshladi.[1] 1952-yilda mazkur fakultetlar negizida Toshkent politexnika instituti tashkil topdi. Oʻzbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib – Toshkent arxitektura-qurilish instituti, kimyo-texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika oʻquv yurtlari: Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent arxitektura qurilish universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta qurishlardan Toshkent politexnika institutining: „geologiya-qidiruv“, „kon-metallurgiya“, „avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari“, „sanoat energetikasi“, „neft va gaz“, „radioelektronika va avtomatika“, „energetika fakultetlari“. Toshkent mashinosozlik institutining: mexanika; texnologiya; mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi – Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.
Hozirgi koʻrinishida 1991-yil 6-mayda Oʻzbekiston SSR Prezidenti I. A. Karimovning farmoni bilan Toshkent mashinasozlik instituti va Toshkent politexnika institutining bir qator fakultetlari negizida tashkil etilgan[2][3][4].
1991-yil 27-iyunda universitetga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan[5].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi[6][7] farmoniga asosan 2017-yil 23-iyunda Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berilgan[8].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti aviatsiya, geologiya, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika va avtomatlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik texnika oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi. Toshkent davlat texnika universitetida 8 ta fakultet, 58 ta kafedra, 735 nafar professor-oʻqituvchilar, 11 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Hozirgi kunda Toshkent davlat texnika universitetida quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda:
- Bakalavr darajasi, muddati 4 yil
- Magistratura, muddati 2 yil
- Doktorantura, oʻqish muddati 3 yil
Universitetda 5 ta ixtisoslashgan kengash ham mavjud boʻlib, ularda 12 xil yoʻnalish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Universitetda zamonaviy oʻquv binolari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar, yotoqxonalar, kuchli tajriba bazasi, shuningdek, universitetgacha boʻlgan tayyorgarlik va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tarmogʻi mavjud. Universitet Germaniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlarning koʻplab ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar oʻrnatgan. Universitetda INTAS, TACIS, TEMPUS-TACIS va boshqa xalqaro raqobatbardosh dasturlari doirasida bir qator ilmiy loyihalar grantlar asosida amalga oshirilmoqda. Universitetda, shuningdek, kichik korxonalar va ilmiy markazlar tarmogʻi boʻlgan Texnologiyalar parki, Texnologik biznes-inkubator va „COFYUTIS“ (Fransiya-Oʻzbekiston) tadqiqot markazi mavjud[9].
Xorijiy universitetlar bilan aloqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti har yili dunyoning turli universitetlari va taʼlim markazlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bunday uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish, bilim almashish va talabalar almashinuvi boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir.
Fakultetlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Neft va gaz fakulteti
- Muhandislik texnologiyalari fakulteti
- Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya ishi fakulteti
- Mashinasozlik fakulteti
- Elektronika va avtomatika fakulteti
- Elektr energetika fakulteti
- Issiqlik energetikasi fakulteti
- Mexanika fakulteti
Bakalavr yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5111014 | Kasb taʼlimi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi |
2 | 5150900 | Dizayn (turlari boʻyicha) |
3 | 5231900 | Korporativ boshqaruv |
4 | 5310100 | Energetika (tarmoqlar boʻyicha) |
5 | 5310300 | Metallurgiya |
6 | 5310400 | Havo kemalaridan texnik foydalanish |
7 | 5310500 | Avtomobilsozlik va traktorsozlik |
8 | 5310600 | Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha) |
9 | 5310700 | Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha) |
10 | 5310800 | Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar boʻyicha) |
11 | 5310900 | Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha) |
12 | 5311000 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) |
13 | 5311500 | Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha) |
14 | 5311600 | Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha) Konchilik ishi (mis rudalarini boyitish) |
15 | 5311700 | Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha) |
16 | 5311800 | Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi |
17 | 5311900 | Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish |
18 | 5312000 | Neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish va qurish |
19 | 5312100 | Energoaudit va sanoat korxonalarning energetik tekshiruvi |
20 | 5312200 | Konchilik elektr mexanikasi |
21 | 5312300 | Marksheyderlik ishi |
22 | 5312400 | Muqobil energiya manbalari (turlari boʻyicha) |
23 | 5312500 | Energiya mashinasozligi (tarmoqlar boʻyicha) |
24 | 5312600 | Mexatronika va robototexnika |
25 | 5312700 | Intellektual muhandislik tizimlari |
26 | 5312800 | Quymakorlik texnologiyalari |
27 | 5312900 | Lazer texnologiyalari va optoelektronika |
28 | 5313000 | Biotibbiyot muhandisligi |
29 | 5313300 | Geologiya-razvedka ishlarining texnikasi va texnologiyasi |
30 | 5313500 | Yorugʻlik texnikasi |
31 | 5313600 | Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari |
32 | 5313700 | Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish |
33 | 5313800 | Quvur transporti tizimlari inshootlari va ularning obyektlarini taʼmirlash |
34 | 5320100 | Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha) |
35 | 5320200 | Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish |
36 | 5320300 | Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha) |
37 | 5320500 | Biotexnologiya (tarmoqlar boʻyicha) |
38 | 5321400 | Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi |
39 | 5321900 | Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi |
40 | 5322100 | Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi |
41 | 5330200 | Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
42 | 5350700 | Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha) |
43 | 5610101 | Xizmatlar sohasi: avtomobil transporti |
44 | 5610600 | Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) |
45 | 5620200 | Havodagi harakatni boshqarish |
46 | 5630100 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
47 | 5640100 | Hayotiy faoliyat xavfsizligi |
48 | 5310200 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) |
Sirtqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Nomi |
---|---|---|
1 | 5310100 | Energetika (tarmoqlar boʻyicha) |
2 | 5310200 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) |
3 | 5310900 | Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha) |
4 | 5311000 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) |
5 | 5311500 | Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha) |
6 | 5311600 | Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha) |
7 | 5311700 | Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha) |
8 | 5311900 | Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish |
9 | 5313600 | Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari |
10 | 5320200 | Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish |
11 | 5330200 | Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
12 | 5350700 | Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha) |
13 | 5640200 | Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi |
Kechki
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5311600 | Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha) |
2 | 5310200 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) |
3 | 5320200 | Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish |
4 | 5310300 | Metallurgiya[10] |
Magistratura yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Taʼlim yoʻnalishi nomi | Shifr |
---|---|---|
1 | Professional taʼlim nazariyasi va metodikasi: transport vositalari muhandisligi (avtotransport) | 5A111001 |
2 | Dizayn (sanoat dizayni) | 5A150901 |
3 | Korporativ boshqaruv | 5A231901 |
4 | Gidroelektrstansiyalar | 5A310101 |
5 | Sanoat issiqlik energetikasi | 5A310104 |
6 | Issiqlik texnikasi (qoʻllanish obyekti boʻyicha) | 5A310105 |
7 | Elektr taʼminoti (tarmoqlar boʻyicha) | 5A310201 |
8 | Elektr stansiyalari | 5A310203 |
9 | Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari boʻyicha) | 5A310204 |
10 | Metallurgiya (metall turlari boʻyicha) | 5A310301 |
11 | Metallurgiya mashinalari va jihozlari (ishlab chiqarish turi boʻyicha) | 5A310302 |
12 | Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar | 5A310305 |
13 | Avtomobilsozlik va traktorsozlik | 5A310501 |
14 | Yer usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari boʻyicha) | 5A310601 |
15 | Avtomobillar va avtomobil xoʻjaligi | 5A310604 |
16 | Ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish | 5A310605 |
17 | Elektr mexanikasi (tarmoqlar boʻyicha) | 5A310701 |
18 | Elektr izolyatsiyali va kabelli texnika | 5A310702 |
19 | Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha) | 5A310704 |
20 | Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar boʻyicha) | 5A310801 |
21 | Oʻlchash va nazorat qilish asbob-uskunalari va metodlari (turlari boʻyicha) | 5A310802 |
22 | Yarimoʻtkazgichli materiallar nanotexnologiyasi | 5A310804 |
23 | Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) | 5A310902 |
24 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar boʻyicha) | 5A311001 |
25 | Aviatsiya-kosmik vositalari bilan tabiiy resurslarni tadqiq qilish | 5A311501 |
26 | Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari boʻyicha) | 5A311601 |
27 | Shaxta va yer osti muhandisligi (marksheyderlik ishi) | 5A311602 |
28 | Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari boʻyicha) | 5A311603 |
29 | Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha) | 5A311701 |
30 | Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi | 5A311702 |
31 | Neft va gaz konlarini qidiruv-razvedka ishlarining geofizik metodlari | 5A311706 |
32 | Konchilik geologiyasi va geofizikasi | 5A311707 |
33 | Quduqlarning geofizik tadqiqotlari | 5A311709 |
34 | Gidrogeofizika va muhandislik geofizikasi | 5A311710 |
35 | Konchilik geofizikasi | 5A311711 |
36 | Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi | 5A311801 |
37 | Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish | 5A311901 |
38 | Neft va gaz quduqlarini burgʻulash | 5A311903 |
39 | Energiya tejamkorligi va energoaudit (tarmoqlar boʻyicha) | 5A312101 |
40 | Konchilik mashinalari va jihozlari | 5A312201 |
41 | Marksheyderlik ishi (sohalar boʻyicha) | 5A312301 |
42 | Muqobil energiya manbalari (turlari boʻyicha) | 5A312401 |
43 | Energiya mashinasozligi (tarmoqlar boʻyicha) | 5A312501 |
44 | Mexatronika va robototexnika | 5A312601 |
45 | Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) | 5A312701 |
46 | Lazer, yorugʻlik-diod texnologiyalari va optoelektronika | 5A312901 |
47 | Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qoʻllanish sohasi boʻyicha) | 5A313001 |
48 | Rentgen texnikasi va texnologiyasi | 5A313003 |
49 | Avtotransport vositalarining gaz ballonli uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish | 5A313701 |
50 | Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha) | 5A320101 |
51 | Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish boʻyicha) | 5A320201 |
52 | Mashinasozlik ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan dastgohli komplekslari | 5A320202 |
53 | Metallarga bosim bilan ishlov berish (turlari boʻyicha) | 5A320203 |
54 | Sovutish, kriogen texnikasi va moʻtadillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari | 5A320303 |
55 | Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari | 5A320309 |
56 | Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari | 5A320311 |
57 | Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar | 5A321401 |
58 | Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi va elektronika sanoati texnologik mashina jihozlari | 5A321901 |
59 | Quymakorlik ishlab chiqarishi texnologiyasi (turlari boʻyicha) | 5A322101 |
60 | Neft va gaz quvurlari, baza va omborlarini qurish va ulardan foydalanish | 5A340202 |
61 | Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari | 5A350703 |
62 | Qishloq xoʻjalik texnikasini loyihalashtirish va konstruksiyasini ishlash | 5A430102 |
63 | Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) | 5A630101 |
64 | Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (tarmoqlar boʻyicha) | 5A640101 |
65 | Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi | 5A640103 |
Filiallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali
- Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali
- Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali
- Toshkent davlat texnika universitetining Nukus filiali[11]
Mashhur bitiruvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Habibulla Akbarov
- Nasriddin Abrorovich Sirojiddinov
- Anatoliy Kirshin
- Abdugʻani Abdurazzoqov
- Abbos Ashrabov
- Abdumubdi Sultonxoʻjayev
- Toʻlqin Mirkomilov
- Muhammad Oʻrozboyev
- Akbar Rahimov
- Gʻiyos Umarov
- Hojiakbar Shayxov
- Muzaffar Zohidxonovich Homidxonov
- Hosil Fozilov
- Shahnoza Moʻminova
- Nodirbek Rustambekovich Yusufbekov
- Vali Gʻafurovich Gʻafurov
- Toʻlqinoy Qodirova
- Isa Yoqubov
- Erkin Umaraliyevich Qosimov
- Qahhorbek Abdullabekov
- Soyibjon Sodiqovich Neʼmatov
- Axmat Narzulloyev
- Poʻlat Hasanov
- Mashhura Egamovna Mavloniy
- Azamat Toʻxtayev
- Vahob Rahimov
- Muhabbat Fozilovna Obidova
- Maʼpura Orifxonova
- Temurjon Nosirov
- Boltayev Botir
- Shukrulla Yoʻldoshev
- Ulugʻbek Inoyatov
- Moʻmin Sultonov
- Mavlon Xudoyberganovich Nazarov
- Adhambek Fozilbekov
- Shukurov Sobirjon
- Hamidilla Nigʻmatovich Oripov
- Poʻlat Zohidov
- Nosir Rashidov
- Abdurahmon Sultonov
- Habib Abdullayev
- Leon Adamov
- Sobir Odilov
- Gʻulomjon Ibragimov
- Gʻayrat Qodirov
- Islom Karimov
- Elyor Gʻaniyev
- Mirahad Mirqosimov
- Pugachenkova Galina Anatolyevna
- Bektosh Rahimov
- Oqil Salimov
- Inomjon Usmonxoʻjayev
- Sherzod Shermatov
- Sardor Rahimxon
- Behzod Toʻxtamurodov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Toshkent davlat texnika universiteti“. 27-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2019-yil. (Wayback Machine saytida 27-avgust 2019-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Система высшего образования Узбекистана: доступность, эффективность, инновации“ (ru). Агентство международной информации Trend (2016-yil 20-avgust). 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
- ↑ „Указ Президента Узбекской Советской Социалистической Республики от 06.05.1991 г. № УП-203“. Информационно-правовой портал Norma.uz. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
- ↑ „Постановление Кабинета Министров при Президенте Узбекской ССР от 13.05.1991 г. № 130 «Об организации Ташкентского государственного технического университета, Ташкентского химико-технологического и Ташкентского архитектурно-строительного институтов»“. Информационно-правовой портал Norma.uz. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
- ↑ Постановление Кабинета Министров при Президенте Республики Узбекистан от 27 may 1991 года № 175 «О присвоении имени Абу Райхана Беруни Ташкентскому государственному техническому университету
- ↑ „Об увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан Ислама Абдуганиевича Каримова“. Национальное информационное агентство Узбекистана (2017-yil 25-yanvar). 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-dekabr.
- ↑ Постановление Президента Республики Узбекистан от 25 yanvar 2017 года № ПП-2744 «Об увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан Ислама Абдуганиевича Каримова
- ↑ Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 23 iyun 2017 года № 417 «О внесении изменений и дополнений, а также признании утратившими силу некоторых решений Правительства Республики Узбекистан (постановление Президента Республики Узбекистан от 25 января 2017 года № ПП-2744 «Об увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан Ислама Абуганиевича Каримова»)
- ↑ „Знакомство с вузами Ташкента: Ташкентский государственный технический университет им. А. Р. Беруни (Политех) | Общество | ИП «УЗИНФОРМ»“. 2011-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-iyun.
- ↑ https://dtm.uz/info/passing-scores2020?location=14&university=315&emode=4&language=1[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/01/18/toshkent-davlat-texnika-universitetining-yana-bir-filiali-tashkil-etiladi
- Oliy oʻquv yurtlariga oid chala maqolalar
- Oliy oʻquv yurtlari
- Alifbo boʻyicha universitetlar
- 1920-yilda tashkil etilgan taʼlim muassasalari
- Oʻzbekistondagi universitetlar
- Oʻzbekiston oliy texnika oʻquv yurtlari
- Islom Karimov nomidagi obʼektlar
- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
- Toshkentda taʼlim
- Toshkent bino va inshootlari