Tinchlik
Tinchlik, xalqaro tinchlik — xalqlar va davlatlar oʻrtasida zoʻrlik ishlatmasdan tashqi siyosat olib borishga, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarda mustahkamlab qoʻyilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar oʼrtasida uyushtirilgan qurolli kurash (yaʼni urush)ning yoʼqligi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning subʼyektlari Urtasida vujudga keladi gan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yullari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinmoqda: 21-asr boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; mojarolarning ishtirokchilari; mojarolarning xarakteri va mazmuni; bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashqilotlar faoliyati oʻzgarayotganligi. T.ni saqlash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatik metodlarning roli maʼlum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarning kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishda gumanitar operatsiyalar sezilarli rol oʻynamoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan buyon jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida barkarorlik zarurligidan kelib chiqib oʻz tashqi siyosatini amalga oshirmoqsa. Mamlakatimiz dunyoda T.ni saqlashning barcha xalqaro huquqiy meʼyorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi.
Sayfiddin Joʻrayev.
Tinchlik deb zoʻravonlik, ziddiyat yoki shu ziddiyatdan qoʻrquv yoʻq osoyishta holatga aytiladi. Tinchlik individual shaxslar yoki butunboshli mamlakat va xalqlar orasida boʻlishi mumkin. Xalqaro munosabatlarda tinchlik atamasi ostida urush yoʻqligi tushuniladi.
Tinchlik davlatlar orasidagi noharbiy tashqi siyosatga asoslanadi, tinchlik zamirida xalqaro bitim, kelishuv va boshqa hujjatlar yotadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni taʼminlaydi.
Dunyo tinchligini saqlash uchun Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Millatlar tashqiloti tuzilgan. Nobel mukofoti tinchlik keltirish yoʻlidagi saʼy-harakatlar uchun ham beriladi. Tinchliksevarlik oqimlari mavjud, ulardan eng keng tarqalgani patsifizm deb ataladi.
Tinch hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi hududlarda uzoq vaqt tinchlik hukmron:
Hudud | Qachondan beri tinch | Izoh |
---|---|---|
1814 — bugun | 1814-yili Norvegiya bilan urushidan keyin hech qanday harbiy ziddiyatlarda qatnashmay keladi. | |
1848 — bugun | Bu davlat qatʼiy betaraflik siyosati yuritadi. | |
1949 — bugun | 44 kunlik fuqarolar urushidan keyin armiyani tarqatib, biror urushda qatnashmagan. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |