Ti uznayesh yeyo
„Ti uznayesh yeyo“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Korni“ qoʻshigʻi | ||||
„Na veka“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2003 | |||
Yozib olingan | 2003 | |||
Janr | pop-rok | |||
Davomiyligi | 04:07 | |||
Matn muallif(lar)i | Pavel Jagun | |||
Bastakor(lar) | Igor Matviyenko | |||
„Na veka“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Ti uznayesh yeyo“ YouTubeda |
„Ti uznayesh yeyo“ (ruscha: Ты узнаешь её, yaʼni „Sen uni taniysan“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil singl oʻlaroq chiqilgan. Shuningdek, guruhning oʻsha yili eʼlon qilingan „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Ti uznayesh yeyo“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biridir. Tarona kuyini Igor Matviyenko, soʻzini esa Pavel Jangun yozgan. Qoʻshiq „Korni“ guruhiga katta shuhrat olib kelgan ilk taronalarning biri boʻlib, nafaqat Rossiyada, balki bir necha MDH davlatida xitga aylangan.
Qoʻshiq matni, xususan, „Va uning zumrad qoshlari oy belgisi ostida boshoq chiqaradi“ (ruscha: И её изумрудные брови колосятся под знаком луны) misrasini koʻplab tinglovchi absurd deb topgan[1]. Sheʼr muallifi undagi tushunarsiz oʻxshatishlarni „Ya vibirayu tebya“ (ruscha: Я выбираю тебя) kitobida quyidagicha izohlagan:
„Va uning zumrad qoshlari oy belgisi ostida boshoq chiqaradi“ (lirik qahramon oʻzining boʻlajak suyuklisini tabiat hodisalarida koʻradi, uning paydo boʻlishini oldindan sezadi, uning qiyofasini manzaralarda koʻradi, ovozini oy nuri ostidagi barglarning shitirlashida eshitadi va h.[2]
Shuningdek, Jagun sheʼrni Osip Mandelshtam qalamiga mansub „Faqat bolalar kitoblarini oʻqing“ (ruscha: Только детские книги читать) sheʼridan ilhomlanib yozganini eʼtirof etgan.
„Na veka“ albomiga kiritilgan uch qoʻshiq, jumladan, „Ti uznayesh yeyo“ qoʻshigʻi uchun klip suratga olingan. Rejissyor O. Gusev olgan oq-qora klipda guruh aʼzolari aeroport boʻylab yurgani hamda jihozlangan xonada taronani ijro etayotgani tasvirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Михаил Задорнов. WWW.MUSOR.RU. АСТ, 2009 — 270-bet. ISBN 978-5-17-056759-1.
- ↑ Павел Жагун. Я выбираю тебя. Стихи звездных песен. От Аллы Пугачевой до Морального Кодекса. Эксмо, 2007 — 288-bet. ISBN 978-5-699-20157-0.