Kontent qismiga oʻtish

Terrakota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Terrakota (ital. terra — yer, tuproq, cotta — qizdirilgan) —tor maʼnoda — loydan ishlanib xumdonda pishirilgan sirlanmagan va rang berilmagan mayda haykalchalar; keng maʼnoda — loydan tayyorlanib, maxsus xumdonlarda qizdirilgan badiiy va amaliy ahamiyatga ega sirlangan sopol buyumlar (idishlar, koʻza, haykalcha, oʻyinchoq, koshinvab.). Qizdirilgandan soʻng oʻziga xos tus (sargish, qizgʻishjigarrang, qora) va sirt (faktura)ga ega boʻladi. T. neolit davridan maʼlum boʻlgan. Mayda xaykaltaroshlik asarlari, haykal shakllari, sarkofaglar, Yunoniston, Qad. Xitoy, Hindiston, Amerika haykallari, meʼmoriy qismlar, Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar meʼmorligidagi oʻyma T. bezaklari, Italiya ning relyefli meʼmoriy qismlari, Uygʻonish davri portret byustlari va boshqa badiiy T.ning muhim yodgorliklaridir. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududidan koʻplab nodir T. namunalari topilgan. Zamonaviy haykaltaroshlikda T. mayda shaklli haykallar va boshqalarda ishlatiladi.