Taka
Qiyofa
Taka, teke — turkman kabilalaridan biri. T.lar 17—18-asrlarning 1yarmida Bolxon togʻi vodiysida, Xorazmda va Amudaryo boʻylarida yashagan va ularning katta bir qismi Tajan vohasini egallagan. T.larning asosiy qismi 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida Axaltaka va Murgob vodiylariga koʻchgan; Marvni 19-asrning oʻrtalarida egallagan. T.lar 2 guruhga: otamish (beg, anouli va vekil nomli yirik urugʻlarga) va toʻxtamishga boʻlingan. 1897-yilda T.lardan Murgʻob vohasida 20 ming xoʻjalik, Tajan va Qaahqada 7 ming xoʻjalik, Axaliyada 9 ming xoʻjalik boʻlgan. T.lar dehqonchilik va chorvachilik bilan shutullangan. 19-asrning boshida T.lar boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan (qarang Turkmanlar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |