Sulfanil kislota
Qiyofa
Sulfanil kislota, paminobenzol sulfokislota, H2N— S6N4—SO3H — rangeiz kristall modda. Mol.m. 173,18; 280 —300° da parchalanadi. Sulfanil kislota suvdagi eritmadan 0—2° da 2 molekula suvli gidrat holida, 21 — 40° da bir molekula suvli gitrat holida va 40° dan yuqorida suvsiz holatda ajralib chiqadi. Sanoatda Sulfanil kislota anilin sulfatni 180—200° da qizdirib olinadi. Uning hosilalari sintetik boʻyoklar olishda ishlatiladi. Lab. da nitritlarni hamda osmiy, ruteniy, seriy va boshqa metallarni aniqlashda qoʻllanadi. Sulfanilamidlar (mas, oq streptotsid) va uning baʼzi hosilalari (mas, albutsid, sulgin, sulfidin, sulfadimezin, sulfozol) tibbiyotda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |