Kontent qismiga oʻtish

Sudirman kubogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sudirman kubogi — bu sportning global boshqaruv organi boʻlgan Butunjahon Badminton Federatsiyasiga (BWF) aʼzo davlatlar tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro badminton aralash jamoaviy musobaqasi. Chempionat 1989-yilda oʻtkazilgan ilk turnirdan beri har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinmoqda. Xalqaro Badminton Federatsiyasi (hozirgi BWF) 2003-yildan boshlab ikki turnirni ajratishga qaror qilgunga qadar, u Jahon chempionati bilan bir joyda oʻtkazilar edi.[1] Har bir Sudirman kubogida erkaklar va ayollar yakkaliklari, erkaklar va ayollar juftliklari va aralash juftliklardan iborat beshta oʻyin mavjud. Kubok indoneziyalik sobiq badmintonchi va Indoneziya Badminton Assotsiatsiyasi (PBSI) asoschisi Dick Sudirman sharafiga nomlangan.

1989-yil Indoneziyada Sudirman kubogi shtampi

Kubokni olish boʻyicha amaldagi chempion hisoblanuvchi Xitoy 2021-yilgi Finlandiyada oʻtkazilgan turnirda 12-marta chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Sudirman kubogida mukofot puli yoʻq; oʻyinchilar oʻz mamlakatlari uchun oʻynashadi hamda BWF jahon reytingi ochkolari va milliy obroʻ-eʼtiborni qoʻlga kiritishadi.

Sudirman kubogining balandligi 80 sm. U 22 karatli (92 %) oltin bilan qoplangan yaxlit kumushdan yasalgan va jati yogʻochidan (Java teak yogʻochi) yasalgan sakkiz burchakli asosda joylashgan. Kubokning tanasi volan shaklida boʻlib, uning ustida Borobudur ibodatxonasining nusxasi joylashgan.

Kubok Masterix Bandung kompaniyasi tomonidan 15 000 AQSH dollariga baholangan.

Sudirman kubogi saralash bosqichini oʻtkazmaydigan xalqaro musobaqadir. Raqobatchi jamoalar oʻz chiqishlariga koʻra 7 guruhga boʻlingan. Faqat 1-guruhdagi jamoalar kubokni koʻtarish imkoniyatiga ega boʻladi, chunki boshqa guruhlardagi jamoalar yuqoriga koʻtarilish uchun kurashadilar. 2003-yilgacha 1-guruhda atigi oltita jamoa qatnashadi, 2005-yilda ularning soni 8 taga, 2011-yilda esa 12 taga koʻtariladi.[2]

Dastlab guruhda soʻnggi oʻrinni egallagan jamoalar keyingi guruh bosqichida quyi guruhga tushib ketishgan. Yuqori ligaga koʻtarilish tizimi oxirgi marta 2009-yilda qoʻllangan va keyin raqobatlashayotgan jamoalar jahon reytinglari boʻyicha guruhlanishi qabul qilingan.[3]

Yil Mezbon Final Yarim finalchilar
Chempionlar Hisob Ikkinchi oʻrin
1989 Jakarta, Indoneziya  Indoneziya
3–2  Janubiy Koreya
 Xitoy
 Daniya
1991 Kopengagen, Daniya  Janubiy Koreya
3–2  Indoneziya
 Xitoy
 Daniya
1993 Birmingem, Angliya  Janubiy Koreya
3–2  Indoneziya
 Xitoy
 Daniya
1995 Lozanna, Shveysariya  Xitoy
3–1  Indoneziya
 Daniya
 Janubiy Koreya
1997 Glazgo, Shotlandiya  Xitoy
5–0  Janubiy Koreya
 Daniya
 Indoneziya
1999 Kopengagen, Daniya  Xitoy
3–1  Daniya
 Indoneziya
 Janubiy Koreya
2001 Sevilla, Ispaniya  Xitoy
3–1  Indoneziya
 Daniya
 Janubiy Koreya
2003 Eyndxoven, Niderlandiya  Janubiy Koreya
3–1  Xitoy
 Daniya
 Indoneziya
2005 Pekin, Xitoy  Xitoy
3–0  Indoneziya
 Daniya
 Janubiy Koreya
2007 Glazgo, Shotlandiya  Xitoy
3–0  Indoneziya
 Angliya
 Janubiy Koreya
2009 Guanchjou, Xitoy  Xitoy
3–0  Janubiy Koreya
 Indoneziya
 Malayziya
2011 Sindao, Xitoy  Xitoy
3–0  Daniya
 Indoneziya
 Janubiy Koreya
2013 Kuala Lumpur, Malayziya  Xitoy
3–0  Janubiy Koreya
 Daniya
 Tailand
2015 Donchjuan, Xitoy  Xitoy
3–0  Yaponiya
 Indoneziya
 Janubiy Koreya
2017 Gold Coast, Avstraliya  Janubiy Koreya
3–2  Xitoy
 Yaponiya
 Tailand
2019 Nannin, Xitoy  Xitoy
3–0  Yaponiya
 Indoneziya
 Tailand
2021 Vantaa, Finlandiya  Xitoy
3–1  Yaponiya
 Janubiy Koreya
 Malayziya
2023 Suchjou, Xitoy
2025 Xitoy

Muvaffaqiyatli terma jamoalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya dastlab 1989-yilda turnirda gʻolib chiqqan. Musobaqa tarixida Sudirman kubogining barcha turnirlarida sakkizta mamlakat yarim final bosqichiga yoʻl olgan: Xitoy, Daniya, Angliya, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Tailand va Yaponiya.

Sudirman kubogida eng koʻp muvaffaqiyat qozongan milliy terma jamoa Xitoy (12 ta gʻalaba), uchinchi oʻrinda Koreya (4 ta gʻalaba) va Indoneziya (1 ta gʻalaba). Musobaqada hech qachon Osiyo davlatlaridan boshqa davlat gʻolib boʻlmagan, Daniya 1999 va 2011-yillarda gʻalaba qozonishga yaqin kelgan yagona Yevropa davlatidir.

Jamoa Chempionlar Ikkinchi oʻrin Yarim finalchilar
 Xitoy 12 (1995, 1997, 1999, 2001, 2005, 2007, 2009, 2011, 2013, 2015, 2019, 2021) 2 (2003, 2017) 3 (1989, 1991, 1993)
 Janubiy Koreya 4 (1991, 1993, 2003, 2017) 4 (1989, 1997, 2009, 2013) 8 (1995, 1999, 2001, 2005, 2007, 2011, 2015, 2021)
 Indoneziya 1 (1989) 6 (1991, 1993, 1995, 2001, 2005, 2007) 7 (1997, 1999, 2003, 2009, 2011, 2015, 2019)
 Yaponiya 3 (2015, 2019, 2021) 1 (2017)
 Daniya 2 (1999, 2011) 9 (1989, 1991, 1993, 1995, 1997, 2001, 2003, 2005, 2013)
 Tailand 3 (2013, 2017, 2019)
 Malayziya 2 (2009, 2021)
 Angliya 1 (2007)
  1. „Korn Dabbaransi new IBF President“. Utusan Online (4-iyun 2001-yil). 10-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2017-yil.
  2. „Tournament ABC“. Sudirman Cup 2019. 28-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2022-yil.
  3. Sachetat. „Sudirman Cup to Change Format“. Badzine. 31-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2022-yil.