Kontent qismiga oʻtish

Slavyan tillari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Slavyan tillarihind-yevropa tillari oilasi tarkibidagi qarindosh tillar guruhi. Asosan, Markaziy va Sharqiy Yevropada, Shimoliy Osiyoda va jahonning boshqa koʻplab mamlakatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 300 mln. kishiga yaqin. Slavyan tillarining birbiriga yuqori darajadagi yaqinligi soʻz oʻzaklari va affiks larda, soʻz strukturasida, grammatik kategoriyalar qoʻllanishida, ran qurilishi va maʼnolar tizimida, izchil tovush oʻzgarishlari tizimida va boshqalarda namoyon boʻladi. Bu yaqinlik Slavyan tillarining kelib chiqish manbai yagonaligi, shuningdek, ularning adabiy tillar va lahjalar darajasidagi uzoq, yillik aloqalari bilan izoxlanadi. Shu bilan birga, 11 —15-asrlardan beri mustaqil tillar sifatida rivojlanib kelayotgani syababli ular orasida moddiy, funksional va tipologik harakterdagi bir qancha tafovutlar ham mavjud.

St. oʻzaro yaqinlik darajasiga koʻra, 3 guruhga ajratiladi: sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari), jan. slavyan (bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari) va garbiy slavyan (chex, slovak, polyak, yuqori va quyi lujitsa tillari) guruxlari. Mazkur guruxlardan har birining ichki boʻlinishlari ham oʻziga xosliklarga ega. Slavyan tillarining har biri adabiy til bilan birga oʻz hududiy lahjalarini qamrab oladi; bu unsurlarning oʻzaro nisbati Slavyan tillarida turlicha namoyon boʻladi.

Zamonaviy St. yagona til (eng kad., keyinroq qad. va eski slavyan tili)ning uzoq tarixiy taraqqiyoti va boʻlinishi natijasida paydo boʻlgan. 10— 11-asrlarda kabila tillari asosida ayrim slavyan xalqlari tillari vujudga kelgan. Janubiy va gʻarbiy Slavyan tillarida boʻlinish yuz bergan. 14-asrda sharqiy Slavyan tillarining ajralishi natijasida rus, belorus va ukrain tillari yuzaga keladi. Turli tarixiy davrlarda Slavyan tillarining miqdori va oʻzaro nisbati turlicha boʻlgan. Masalan, 14-asrgacha sharqiy St. mustaqil tillar emas, balki laxjalar darajasida oʻzaro farqlangan. Serblar va xorvatlar til jihatdan 19-asrning 1-yarmidagina birlashganlar va ularning umumiy tili serbxorvat yoki xorvatserb deb atala boshlagan. Makedon tili esa 20-asrdagina shakllangan.

Slavyan xalqlari (tillari) 2 alifbodan foydalanadilar. Barcha sharqiy slavyan tillari, bolgar, serbxorvat va makedon tillari kirill alifbosi asosidagi, barcha g'arbiy slavyan tillari, xorvat va sloven tillari esa lotin alifbosi asosidagi yozuvlarga ega. Slavyanlar nutqidagi ayrim tovushlar uchun lotin alifbosida tegishli harflar boʻlmagan holatlar turli satr usti belgilarini qoʻllash yoki harflarni qoʻshish orqali bartaraf etilgan. Slavyan tillaridagi dastlabki yozma yodgorliklar, ularning shakllanish va rivojlanish vaqtlariga koʻra, 11-asrdan 19—20-asrlargacha boʻlgan davrlarga taalluqlidir.

  • Bernshteyn SB., Ocherk sravnitelnoy grammatiki slavyanskix yazikov. Vvedeniye. Fonetika, M., 1961; Naxtigal R., Slavyanskiye yaziki, perevod so slovenskogo, M., 1963; Boshkovch R., Osnovi sravnitelnoy grammatiki slavyanskix yazikov. Fonetika i slovoobrazovaniye, perevod s serbskoxorvatskogo, M., 1984.

Abduvahob Madvaliyev.