Kontent qismiga oʻtish

Sintezator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Minimoog sintezatoriMoog Music tomonidan 1970–1981-yillarda ishlab chiqarilgan.

Sintezator — murakkab elektron musiqa cholgʻu asbobi. Sintezator boshqa (jumladan, elektro) musiqa cholgʻularidan farqli oʻlaroq tovushlarni chiqarish boʻyicha cheklanmagan imkoniyatlariga ega: unda barcha kuy va usullar, turli musiqa sozlari va tabiat tovushlari (masalan, shamol gʻuvillashi, qushlar sayrashi), shuningdek yangi, tabiatda mavjud boʻlmagan tovush, shovqin va tembrlarni chiqarish mumkin.

Birinchi mukammal namunalari 20-asrning 2-yarmida kashf etilgan (Ye. Murzin, R. Mug va boshqalar). Ular faqat maxsus studiyalarda, asosan, kompozitorlar tomonidan ishlatilgan (X. Veding, E. Denisov, E. Artemyev va boshqalar). Keyinchalik ixcham shaklidagi konsert va boshqa sintezatorlar paydo boʻlib, estrada va pop musiqa (masalan, Pol Maria orkestri, "Bony M" ansambli), rok musiqa ("Space", "Pink Floyd", "Zodiak" kabi guruhlar), kino musiqa, radio va telespektakllarda keng foydalanilgan.

Oʻzbekistonda turli rusumdagi sintezatorlar 1980-yillarning boshlarida paydo boʻlib ("Yalla" ansambli, Sherali Joʻrayevga joʻrnavoz guruh va boshqalar), hozirda radio va televideniye, kinostudiya va teatrlarda, musiqa studiyalarida fonogramma tayyorlashda, konsert jarayonida va to‘ylarda keng foydalaniladi jumladan Yamaha, Korg, Roland kabi sintezatorlar shular sirasiga kiradi