Shillong
Qiyofa
Shillong, Assom togʻlari — Hindistonning shim.sharqiy qismidagi togʻlik. Uz. 350 km, eni 100 km gacha. Eng baland joyi 1961 m. Gneys, kristalli slanets, granit jinslardan tuzilgan. Togʻni chuqur daryo vodiylari parchalab yuborgan. Sh. yer yuzida eng seryogʻin joy (Cherapunji aholi punktida yiliga oʻrtacha 12. 000 mm yogʻin yogʻadi). Ayrim joylarda tuproq qatlami yuvilib ketgan. Asosiy oʻsimliklari butali changalzorlar va sernam tropik oʻrmonlardan iborat. Vodiylarda sholi ekiladi, choy oʻstiriladi. Toshkoʻmir konlari topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |