Kontent qismiga oʻtish

Shahrikurd

Koordinatalari: 32°19′52″N 50°51′34″E / 32.33111°N 50.85944°E / 32.33111; 50.85944
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahrikurd

شهركرد
Shahar
32°19′52″N 50°51′34″E / 32.33111°N 50.85944°E / 32.33111; 50.85944
Mamlakat Eron
uston Chahormahol va Baxtiyoriy
shahriston Shahrikurd
baxsh Markaziy tuman
Hukumat
Avvalgi nomlari Qadimgi nomlari: Dezh Gord, Deh Kord
Markazi balandligi 2070 m
Rasmiy til(lar)i fors tili
Aholisi
 (2016)
190 441[1]
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98
Shahrikurd xaritada
Shahrikurd
Shahrikurd

Shahrikurd (forscha: شهركرد)[lower-alpha 1] Eronning Chahormahol va Baxtiyoriy ustoni Shahrikurd shahristonining Markaziy tumanidagi shahar. Ham uston, ham shahriston, ham tuman markazi vazifasini bajaradi[3]. U ustonning eng yirik shahri va Eronning uchinchi eng yirik shahri, Isfahondan 90 km uzoqlikda joylashgan. Shahar aholisini forslar, lurlar va turkiylar tashkil qiladi[4][5].

2006-yilgi Milliy aholini roʻyxatga olish vaqtida shahar aholisi 31 977 xonadonda yashovchi 126 746 kishini tashkil qilgan[6]. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda 44 081 ta xonadondan iborat 159 775 kishi bor edi[7]. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida 55 492 ta xonadonga boʻlingan 190 441 kishi istiqomat qilgan[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahrikurd bir qarashda „Kurdlar shahri“ maʼnosini bildiradi. Qadimda bu joy „Dezh Gord“ (دژگرد) deb nomlangan boʻlib, bunda dezh (دژ) „qal’a“ va gord (گرد) „qahramon“ deb tarjima qilinadi[manba kerak]. Musulmonlar Forsni fath etganidan keyin nom „Deh Kord“ ({{lang-fa|دهكرد) deb oʻzgartirilgan, arab alifbosida „g“ (گ) va „zh“ (ژ) harflari yoʻqligi sababli dezh „qishloq“ maʼnosini bildiruvchi deh (ده) shaklida talqin qilingan va gord kordga aylangan[8]. Qisman arab tili taʼsirida nomlari oʻzgargan shaharlarning boshqa namunalariga Islom istilosidan oldin mos ravishda Chamgord, Borougord va Dejpol deb atalgan joylar mos ravishda Chamgordan, Boroujerd va Dezful misol boʻla oladi. 1935-yilda bu nom nihoyat hozirgi koʻrinishiga oʻzgartirildi va deh oʻrniga „shahar“ degan maʼnosini anglatuvchi shahr (شهر) qoʻyildi, bu Shahrikurdning oʻlchamini yaxshiroq aks ettiradi[manba kerak]. Boshqa tomondan islom fathidan keyingi adabiyotda lurlar kurdlar sifatida tanilgan. Maykl M. Gunterning taʼkidlashicha, lurlar kurdlar bilan chambarchas bogʻliq, ammo ular „aftidan, kurdlardan 1000 yil oldin farqlana boshlaganlar“[9].

Shahrikurddan Sosoniylar va Parfiya davriga oid tangalar topilgan[10].

Shahrikurdning taniqli shaxslari orasida rassom Argʻavon Xusraviy bor[11].

Shaharning lingvistik tarkibi quyidagicha[12]:

Shahrikurdning lingvistik tarkibi
Language percent
Yangi fors tili
  
50%
Baxtiyoriy luriy
  
35%
Chahormaholiy turkiy
  
15%

Shahrikurd Isfahondan 90 km (56 mi) va Tehrondan 512 km (318 mi) janubi-gʻarbda joylashgan. Topografik jihatdan Zagros togʻlarining shimolida joylashgan. Dengiz sathidan 2,070 m (6,790 ft) balandlikda joylashgan Shahrikurd Eronning tomi deb nomlanuvchi viloyatlar markazlari orasida eng balandi hisoblanadi[manba kerak].

Millat bogʻidan shaharning koʻrinishi, Shahrikurd

Shahrikurd issiq-yoz Oʻrta yer dengizi kontinental iqlimiga ega (Köppen: Dsa, Trewartha: Dc), yozi kunduzi issiq, kechasi salqin, qishi kunduzi sovuq, kechasi muzlatadigan. Shahrikurdda yillik oʻrtacha harorat taxminan 11,4 °C (52,5 °F). Shaharda qayd etilgan mutlaq minimal harorat 2004-yil 29-dekabrda −32.4 °C (−26.3 °F) ni tashkil etgan boʻlsa, hozirgacha qayd etilgan eng yuqori harorat 1977-yilda 15-iyulda 42.0 °C (107.6 °F) boʻlgan[13]. Yanvar eng sovuq oy, iyul esa eng issiq oy. Qishda namlik darajasi oʻrtacha yoki yuqori boʻlsa-da, aprel va may oylaridan tashqari, ekin mavsumida yogʻingarchilik miqdori nolga yaqin.

Biznes va sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahrikurd avtobus tashkilotining parkida 150 ta avtobus mavjud boʻlib, ular shahar boʻylab turli yoʻnalishlarda ishlaydi[manba kerak].

Shahrikurd aeroporti shaharning janubida joylashgan mahalliy aeroportdir. Hozirda u ikki shaharga: Tehron va Mashhadga parvozlarni amalga oshiradi.

7400 talabasi bor Shahrikurd Ozod universiteti
5713 talabasi bor Shahrikurd universiteti

Shahrikurdda uchta universitet bor. 5713 talabasi bor Shahrikurd universiteti davlat universitetidir. 1690 talabasi bor Shahrikurd tibbiyot fanlari universiteti (SKUMS) va 7400 talabasi bor Islom Ozod universiteti Shahrikurd filiali ham shahardagi OTM hisoblanadi.

Qardosh shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Sahr-e Kord, Shahrekord, Shahr Kord va Shahr Kurd shaklida ham romanizatsiya qilinadi[2]
  1. 1,0 1,1 „Census of the Islamic Republic of Iran, 1395 (2016)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  2. Shahrikurd can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3084174" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  3. Habibi, Hassan „Approval of the organization and chain of citizenship of the elements and units of the national divisions of Chaharmahal and Bakhtiari province, centered in the city of Shahrekord“ (fa). Islamic Parliament Research Center. Ministry of Interior, Defense Political Commission of the Government Board (1369-yil 21-iyun). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
  4. „Language distribution: Chahar Mahal va Bakhtiari Province“. Iran Atlas. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  5. Anonby, Erik „Atlas of the Languages of Iran: A working classification“. Iran Atlas. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
  6. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  7. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1390 (2011)“ (fa) (Excel). Syracuse University. The Statistical Center of Iran. 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  8. „:::سازمان تبلیغات اسلامی چهارمحال و بختیاری:::کلیات استان:::“. 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-may.
  9. Gunter, Michael M. (2011). Historical Dictionary of the Kurds (2nd ed.). Scarecrow Press. p. 203. ISBN 978-0810867512.
  10. http://www.sh-shahrekord.ir/user/Index.jsp?SID=39&lang=Fap [sayt ishlamaydi]
  11. Fenstermaker, Will „Facing Duality: Arghavan Khosravi“. BOMB Magazine (2019-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  12. „Language distribution: Chaharmahal and Bakhtiari Province“. Iran Atlas. Qaraldi: 2021-yil 25-sentyabr.
  13. „Temperature records highest in C. Station: Shahr-e kord(40798)“. Iran Meteorological Organization. 2015-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
  14. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.