Kontent qismiga oʻtish

Rajab Hayitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rajab Hayitov
Tavalludi 15-mart 1932-yil
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani
Institutlar Termiz pedagogika bilim yurti, Toshkent davlat universiteti
Ilmiy unvoni Huquqshunoslik fanlar nomzodi
Mukofotlari „V.I.Lenin tug’ilgan kunining 100 yilligi“ (1970)[1]
„1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan urushining 30 yillik g’alabasi“ (1975)[1]

Rajab Hayitov (1932-yil 15-mart, Jarqoʻrgʻon tumani) – pedagog, „V. I. Lenin tugʻilgan kunining 100 yilligi“, „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushining 30 yillik gʻalabasi“ medallariga sazovor boʻlgan olim[1].

Rajab Hayitov – 1932-yilning 15-mart kuni Surxondaryo viloyatidagi Jarqoʻrgʻon tumanida (hozirgi Angor) tavallud topgan. 1948-yilda Qizil Yulduz qishlogʻidagi Lomonosov nomidagi maktabning 7-sinfini tugatgan. Shundan soʻng, Termiz davlat pedagogika institutiga oʻqishga qabul qilingan va institutni boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi diplomi bilan bitirgan[1].

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rajab Hayitov mehnat faoliyatini urush yillaridan boshlagan. Bu paytda Rajab Hayitov 14 yoshda edi. Dastlab, Qizil Yulduz qishlogʻida oddiy kolxozchi, soʻngra paxta brigadasida tabelchi sifatida faoliyat olib borgan. 1948-yilda „1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushida shavkatli mehnati uchun“ medaliga sazovor boʻlgan. Rajab Hayitovning keyingi faoliyati ham qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlgan. Paxta kompaniyasida faol ishtirok etganligi uchun Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. 1952-yilda Rajab Hayitov Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi OʻzMU) huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Toʻrt yildan soʻng, universitetni aʼlo diplom bilan tugatgan. Talabalik davrida oʻzi oʻqiyotgan kursning Komsomol byurosi sekretari hamda shu kursning kasaba kotibi sifatida faoliyat yuritgan. Institutning ikkinchi kursida oʻqib yurgan paytida partiya aʼzoligiga qabul qilingan. Faol mehnatlari uchun komsomollik davrida „Oʻzbekiston Lenin komsomoli“ faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan. 1952-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining arxeologiya fakultetida sirtqi taʼlim olishni boshlgan. 1962-yilda Yangi yerlarni oʻzlashtirish chaqirigʻi sababli Rajab Hayitov Mirzachoʻl tumanidagi „Komsolobod“ ga kelgan. Bu yerda agronom sifatida faoliyat olib borgan. Keyinchalik, tashkil etilgan qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Sariosiyoda, keyinchalik esa Denovda sud raisi sifatida faoliyat yuritgan. Shundan soʻng esa advokat boʻlib ishlay boshlagan[1].

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutining sirtqi aspiranturasiga kirib, 1977-yilda oʻqishni tamomlagan. Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligini boshqarish masalalari va Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligini saqlashga oid oʻndan ortiq ilmiy asarlarini bosmadan chiqargan. 1980-yilda Qishloq xoʻjaligi jurnalida „Togʻ oʻrmonlarini asrash“ nomli maqolasi nashrdan chiqarilgan. 1981-yilning yanvar oyida tabiatni qoʻriqlash huquqi mavzusida dissertatsiya yoqlab, huquqshunoslik fanlari nomzodi unvoniga sazovor boʻlgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Qodirov, Bekmurod. Surxondaryo olimlari. Toshkent - „Mehnat“ — 309-310-bet. Qaraldi: 18-iyul 2024-yil.