Kontent qismiga oʻtish

Qon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qon

Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin qonga qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Qon aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suv tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Odamlarda 5,2 l cha qon boʻladi. Qon suyuq qism — plazma (55—60 %) va shaklli elementlar (40—45 %) dan tashkil topgan. Qonning shaklli elementlari qon yaratish aʼzolarida ishlanadi; Qon va qon yaratish aʼzolari — Qon yaratish sistemasini tashkil etadi.

Qon maxsus mexanizmlar orqali regulyatsiya qilinadi, shuning uchun sogʻlom odam qonining tarkibi oʻzgarmaydi. Organizmdagi har qanday oʻzgarishlarga nisbatan Qon javob reaksiyasi qaytaradi, yaʼni oʻz tarkibini oʻzgartiradi. Ayrim kasalliklarni, xususan, Qon sistemasi kasalliklarini aniqlashda Qon tarkibining oʻzgarishi muhim ahamiyatga ega.

Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi.

Qonning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat.

Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80-100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.

Qondagi lipidlar aralashmasi neytral yogʻlar, erkin yogʻ kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bogʻlangan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yogʻlar, glitserin, yogʻ kislotalari ichak shilliq qavatidan Qonga qisman soʻriladi. Qon yogʻ emulsiyasini yog toʻqimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Qon tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor. Organizmning turli patologik holatlarida (kasalliklarida) Qonda qator oʻzgarishlar roʻy beradi, bu muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qonning tuzilishi, funksiyalari, kasalliklari va u bilan bogʻliq boshqa masalalarni gematologiya fani oʻrganadi.

Qonning fizik-kimyoviy xossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq — 1,050-1,060 ga teng. Qon plazmasining solishtirma massasi 1,025- 1,034, shaklli elementIarining solishtirma massasi 1,090 ga teng. Maʼlumki, suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan. Qonning yopishqoqligi 5,0 ga teng. Qonning yopishqoqligi suv¬nikiga nisbatan yuqori boʻlishi tarkibidagi oqsil moddaIar va shaklli elementlar, ayniqsa, eritrotsitlar miqdoriga bogʻliq. Terlash, qusish va ich ketish natijasida odam organizmi koʻp suv yoʻqotsa, qon quyuqlashadi, yaʼni plazmasining miqdori kamayib, shaklli elementlarining miqdori koʻpayadi. Bu esa qonning yopishqoqIigi ortishiga sabab boʻladi. Qonning osmotik bosimi 7,6-S,1 atm ga teng. Uning 60 % ini qonda erigan natriy xlorid tashkil etadi. Osmotik bosim osmometr yoki krioskop asboblari yordamida oʻ1chanadi. Qonning osmotik bosimi qon biIan h, ujayralar ichidagi va hujayralar tashqarisidagi suyuqliklarda suv va tuzlar almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Osh tuzining 0,9 % Ii eritmasi odam va barcha issiqqonli hayvonIar uchun ftziologik eritma boʻIib hisoblanadi. Bundan yuqori konsentratsiyali eritmasi qon uchun gi pertonik, past konsentratsiyali eritmasi qonga nisbatan gipotonik eritmadir. Agar ozroq qon osh tuzining gi pertonik eritmasi bilan aralashtirilsa, eritrotsitIar ichidagi suv eritmaga oʻtadi, chunki eritmaning osmotik bosimi yuqori. Buning natijasida eritrotsitlar suvsizlanib, ularning hajmi kichrayadi va burishib qoladi.Aksincha, qon osh tuzining gipotonikeritmasi bilan aralashtirilsa, eritmadagi suv eritrotsitlar ichiga kiradi va ular shi¬shib yoriladi. Bu hodisa gemoliz deb ataladi. Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish organlari¬ning (buyraklar va teri) faoliyati orqali boshqariladi. Odam koʻproq shoʻr ovqat, tuzli ichimlik isteʼmol qilganda, koʻp terlaganda qonning osmotik bosimi oshadi. Lekin buyraklar siydik ajratishi kamayishi tufayIi maʼlum vaqtdan keyin qonning osmotik bosimi yana normaga keladi.

Qonning tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli elementlarga ajraladi (1-rasm). Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, yaʼni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, yaʼni shaklIi elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60 % ini qon plazmasi va 40-45 % ini shaklli elementIar tashkil qiladi. Qonning oʻrtacha miqdori katta odamda 5 I boʻIib, u tana massasining oʻrtacha 7 % ini tashkil etadi. I kg tana massasiga oʻrtacha 70 ml qon toʻgʻri keladi. Bolalarda har I kg tana massasiga toʻgʻri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan koʻproq boʻladi (5O-100 ml).[1] Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi boʻIib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsiIJar, yogʻlar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, kmTIonat angidrid kabilar) boʻladi. Plazma tarkibida oʻrtacha 90-92 % suv, 7¬8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glyukoza, 0,8 % yogʻlar boʻladi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, yaʼni pHi=7,4. Qon plazmasi tarkibida or¬ganizmning hayoti — oʻsishi va rivojlanishi uchun zamr barcha oziq moddalar boʻlib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga soʻriladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujay ralarga oʻtadi va oʻzlashtiriladi.

Qon guruhlari 1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga koʻra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari boʻlib, ularning har biri kimyoviy xossalariga koʻra ikki turga boʻlinadi, yaʼni agglyutinogen A va B, agglyutinin a va {3. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xii belgiJi modda boʻlmasJigi kerak, yaʼni agglyutinogen A va agglyutinin a yoki agglyutinogen B va agglyutinin {3. Normada agglyutinogen A va agglyutinin {3 yoki agglyutinogen V va agglyutinin a boʻJishi mumkin. Agglyutinogen A va V boʻlgan qonda agglyutininlar umuman boʻlmaydi. Aksincha, agglyutinin ava {3boʻlgan qonda agglyutinogenlar umuman boʻlmaydi. Ana shunga koʻra, barcha odamlar qoni toʻrt guruhga boʻlinadi. I guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen umuman boʻlmaydi plazmada agglyutinin ava {3 boʻladi. Il guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin {3 boʻladi. m guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a boʻladi. IV guruh — eritrotsitlarda agglyutinogen A va B boʻlib, plazmada agglyutinin umuman boʻlmaydi. Ounyodagi koʻp mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni koʻrsatadiki, qoni I guruh boʻlgan odamlar ahoJining oʻrtacha 40 % ini, Il guruh — 39 % ini, III guruh — 15 % ini va IV guruh — 6 % ini tashkil etadi. 1940-yiJi K. Landshteyner va Viner qoii’ning eritrotsitlarida agglyutinogen A va V dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab, uni rezus ami! (Rh-omil) deb atadilar. Bu omil 85 % odamlar qonida boʻladi va ular rezus musbat qonJi odam deb ataladi, 15 % odamlarning qonida bu omil boʻlmaydi. Ular rezus manfiy qonli odam-deb ataladi. Rezus musbat qon rezus manfiy qonJi odamga quyHsa, birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya roʻy bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida quyilgan rezus musbat qonga qarshi antitelalar (organizmda yot moddaga qarshi hosH boʻlgan, maxsus himoya xossasiga ega boʻlgan oqsil zarrachalari) hosH boʻladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon quyilsa, uning qonida agglyutinatsiya hodisasi roʻy beradi. Qon guruhlari va rezus omil nasldan-naslga oʻtadi. Agar er¬kakning qoni rezus musbat boʻJib, ayolning qoni rezus manfiy boʻlsa, bino boʻlgan homilaga (bolaga) qon onadan oʻtsa, uning qoni rezus manfiy boʻladi. Bunday bola sogʻlom tugʻiladi. Aksin¬cha, rezus musbat qon bolaga otadan oʻtsa, uning qoni ham otasinikiga oʻxshab rezus musbat boʻladi. Natijada ona va bolaning qoni bir-biriga toʻgʻri kelmaganJigi uchun bunday bola gemoJitik kasallik bilan tugʻiladi. Uning terisi va koʻzlari sariq, jigar va talogʻi kat¬talashgan, qorni shishgan, tugʻilgan vaqtdan boshlab umumiy ahvoJi ogʻir boʻladi. Oavolash uchun bolaga qon quyib, qoni almashtiriladi. Qun quyish. Ogʻir shikastlanganda va koʻp qon yoʻqotilganda uzoq davom etadigan ogʻir kasallikJarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak boʻladi. Bunda birinchi guruh qonni .hamma guruhga quyish mumkin. Birinchi guruh qonli odamlar qonini barcha guruhdagi qonli odamlarga berishi mum kin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam retsipient deb ataladi). lkkinchi guruh qonli odamlar ikkinchi va toʻrtinchi guruh qonli odamlarga, uchinchi guruh qonli odamlar uchinchi va toʻrtinchi guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin. To 'rtinchi guruh qonli odamlar faqat shu guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin, lekin oʻzi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipient deb ataladi. Bemorga qon quyish oʻta mas’uliyatJi ish hisoblanadi. Agar qon guruhi notoʻgʻri aniqlansa, bemor qon guryhiga toʻgʻri kelmay¬digan qon quyilsa, donor qonining eritrotsitlari bilan bemor qonining eritrotsitlari bir-biriga yopishib qoladi, yaʼni agglyutinatsiya hodisasi roʻy beradi. Bunday hodisa roʻy berganida bemorning ahvoli birdaniga ogʻirlashadi, rangi oqarib, lablari koʻkaradi, tanasi sovub qaltiraydi. Badanida qizil toshmalar paydo boʻladi, nafas olishi qiyinlashadi. Agar bunda zudlik biJan yordam koʻrsatilmasa, bemor halok boʻlishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida keyingi yillarda faqat bir xii guruhdagi qon quyishga oʻtish tavsiya etilmoqda.

Turli qon guruhlarining bir-biriga mos kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi qon guruhlari boʻlgan odamlar Quyidagi guruhlarga qon berishi mumkin Quyidagi guruhlardan qon qabul qilish mumkin I I.II.III.IV I II II.IV I.II III III.IV I.III IV IV I.II.III.IV Donorlik. Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sogʻlom yigit va qiz, ayol va erkak donor boʻla oladi. Mamlakatimizda yuz minglab kishilar donorlardir. Ayniqsa, fashizmga qarshi kurash yillarida minglab. odamlar. ixtiyoriy ravishda qon topshirib, koʻplab yaradorlarning hayoti saqlab qoli¬nishiga va ular qaytadan safga qaytishiga hissa qoʻshganlar. Hozirgi vaqtda ham minglab donorlar koʻplab bemorlarni davolashga, ularning hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qoʻshmoqdalar. Qadimgi Yunoniston, Misr, Rimda bemorlarni davolashda qonning ahamiyatini bilishgan. Oʻsha davrning tabiblari bemor¬larga boshqa odam qonini quyganlar, lekin ularda qon guruhi haqida tushuncha boʻlmaganligi sababl[ qonquyish taxminiy bajarilgan. Shl.ning uchun ayrim hollardagina quyilgan qon bemor qoniga toʻgʻri kelib, yaxshi natija bergan boʻlsa, koʻpincha qon guruWari toʻgʻri kelmasligi yomon oqibatlarga sabab boʻlgan. Chunonchi, Rim papa si Innokentiy VIII yosharish maqsadida uchta yigitning qonini quyishni buyurgan. Lekin u qon quyish natijasida halok boʻlgan. Qon guruWari aniqlanguncha qon quyish sohasidagi barcha urinishlar yaxshi natija bermagan.