Kontent qismiga oʻtish

Qargʻasimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qargʻasimonlar
Qazilma davri: Oʻrta Miotsendan to hozirgacha
barstovianhozirgacha 
Cyanocitta cristata
Biologik klassifikatsiya
Distribution map of the Corvidae.   Ko'payadigan hududi   Qayta ko'paytirilgan   Qirilib ketgan (post-1500)   Qirilib ketgan (pre-1500)
Distribution map of the Corvidae.
  Ko'payadigan hududi   Qayta ko'paytirilgan
  Qirilib ketgan (post-1500)   Qirilib ketgan (pre-1500)

Qargʻasimonlar — sayroqi chumchuqsimonlar turkumi oilasi. Anatomik tuzilishiga koʻra birmuncha sodda; lekin nisbatan murakkab xattiharakatlari bilan boshqa chumchuqsimonlardan ajralib turadi. Ayrim Qargʻasimonlar tovushga taqlid qiladi (odam ovozini takrorlaydi). Uzunligi 18—70 sm. Tumshugʻi va oyoqlari baquvvat, burun teshiklari keng va qillar bilan toʻsilgan. 26 uruqqa mansub 104 turi bor. Yangi Zelandiya va ayrim o.dan tashqari Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida 4 urugʻ (qargʻalar, hakkalar, xoʻjasavdogarlar, togʻ zagʻchalari)ga mansub 9 turi tarqalgan.

Koʻpchilik Qargʻasimonlar gala boʻlib yashaydi; ayrim turlari koloniya boʻlib uya quradi. Uyasini daraxtlar shoxi, kovagi, qoya toshlar, binolarga yoki qamishlar orasiga quradi. Urgʻochisi 3—10 ta tuxum qoʻyib, uni bosib yotadi. Ayrim Qargʻasimonlarning erkagi ham tuxum bosadi. Har xil oziq yeydi, koʻpchiligi mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi; baʼzi turlari ekinlar, qushlar uyasidagi tuxumlari va joʻjalarini, moʻynali hayvonlar bolasini yeb, birmuncha ziyon keltiradi.