Kontent qismiga oʻtish

Prostata bezi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Prostatadan yoʻnaltirildi)

Prostata bezi (yun. prostatus — oldinda turuvchi), prostata — erkak jinsiy aʼzosidagi tok, bez. Kichik chanoq boʻshligʻida qovuq ostida boʻlib, qovuq boʻyinchasi va siydik chiqarish kanalining boshlangʻich qismini oʻrab turadi. Prostata bezi bez va muskul qismdan iborat. Bez qism urugʻ suyultiradigan suyuqlik (sekret) ajratadi. Bu suyuklik spermaga qoʻshilib, spermatozoidlarni faollashtiradi. Muskul qism esa siydik chiqarish kanalining sfinkteri (muskul qisqich) hisoblanib, shahvat va siydik chiqishini rostlab turadi, shuning uchun shahvat va siydik aralashib ketmaydi.

Prostata bezining orqa yuzasi toʻgʻri ichakka tegib turadi, shunga koʻra, vrach toʻgʻri ichakka barmogʻini kiritib bezning turli kasalliklarini aniqlaydi. Prostata bezining yalligʻlanishi prostatit deb ataladi.[1]


Prostata fiziologiyasi:

Prostata bezi ajratgan suyuqlik tarkibida immunoglobulin,fermentlar, vitaminlar,limon kislotasi va boshqalar mavjud. Bu suyuqlik shahvatni suyultirishda qatnashadi. Prostata funksiyasi  gipofiz bezi gormonlari,androgenlar,estrogenlar,hamda steroid gormonlar tomonidan boshqariladi.

Prostata funksiyasi:

  • Shahvat tarkibida boʻlgan suyuqlik ishlab chiqarish
  • Jinsiy taranglik paytida siydik yo'lini yopib klapan vazifasini o'taydi.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil