Kontent qismiga oʻtish

Pitsburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pitsburg — AQShning shimoliy-sharqiy qismidagi shahar. Pensilvaniya shtatida. Aholisi 334,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Ogayo daryosi boʻyidagi port (yiliga 30 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Pensilvaniya — mamlakatning yirik savdo-moliya va ogʻir sanoat markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, ogʻir mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Metallurgiya sanoati va temir yoʻl transporti uchun jihozlar, koʻprik konstruksiyalari, quvurlar, tibbiyot asbobuskunalari va hokazolar ishlab chiqariladi. Elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari mavjud. Oyna-shisha, sement, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat korxonalari ishlab turibdi. Shahar yaqinida toshkoʻmir qazib olinadi. AQShda birinchi AES qurilgan. Universitet, Karnegi texnologiya instituti, kartinalar galereyasi bor. Shaharga 1758-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil