Peshtoq
Qiyofa
Peshtoq — madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va boshqa binolarning old tomoni — asosiy kirish qismi. Peshtoq binoning hashamatli baland, bezakdor meʼmoriy boʻlagi boʻlib, odatda, bino devori sathidan bir oz boʻrttirib chiqariladi. Asosiy oʻrinni markaziy ravoq, uning ikki yonidagi dahanasi va tepasidagi ikki uchburchak qanos va kitoba tashkil etadi.
Oʻrta Osiyoda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan peshtoqlarning eng qadimiy namunasi Arab ota maqbarasidir. Peshtoq koshin va sirkor parchinlar, girih hamda diniy va falsafiy mazmundagi kitobalar bilan bezatilgan. Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori, Nodir devonbegi, Abdulazizxon madrasalarining peshtoqi oʻziga xos milliy meʼmorlik uslubida serhasham bezatilgan[1].
Afgʻonistonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya va Kavkazda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |