Ostin-ustin
Asar uchun George Roux chizgan rasm | |
Asl nomi | Sans dessus dessous |
---|---|
Muallif(lar) | Jules Verne |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1889 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1960 |
Sahifalar soni | 172 |
„Ostin-ustin“ (fransuzcha: Sans dessus dessous) — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Ilk bor 1889-yil nashr qilingan. Asar „Yerdan oyga“ hamda „Oy atrofida“ romanlari bilan birgalikda „Baltimor zambarak klubi“ haqidagi romanlar trilogiyasini tashkil etadi.
Asar qahramonlari Arktika muzlari ostidagi koʻmir qatlamlarini olish uchun yer oʻqini oʻzgartirmoqchi boʻladilar. Roman bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Yerdan oyga“ hamda „Oy atrofida“ romanlarida oyga parvoz qilgan „Zambarak klubi“ aʼzoladi Arktikaning oʻrganilmagan hududlarida tadqiqot olib boradilar. Qahramonlar u yerda koʻmir qatlamlari bor, deya taxmin qiladilar. Ular yer oʻqini oʻzgartirib, Arktika muzlarini eritmoqchi boʻladilar.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- J.T. Maston (talaffuzi: Jey. Ti. Maston) – matematik, olim; bosh qahramon
- Barbicane (talaffuzi: Barbiken) – „Zambarak klubi“ raisi
- Nicholl (talaffuzi: Nikol) – „Zambarak klubi“ aʼzosi
- Alcide Pierdeux (talaffuzi: Alsid Pyerde) – fransuz matematigi
- Evangelina Scorbitt (talaffuzi: Evanjelina Skorbit) – amerikalik beva ayol
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roman oʻzbek tilida 1960-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: K. Poʻlatov – muharrir, K. Nazariv – rasmlar muharriri, Ya. Pinxasov – texnik muharrir, N. Komilov – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Ostin-ustin haqida turkum mavjud |
- „Ostin-ustin“ Lib.ru saytida[sayt ishlamaydi] (rus.)