Nikolay Leushin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nikolay Petrovich Leushin (1907.16.5, Samara viloyati — 1986.7.4, Toshkent) — grafik rassom, plakat va karikatura ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Ijodini 1925-yil Vladivostokda boshlagan. 1953-yildan Oʻzbekistonda "Mushtum" jurnalda rassom (1953—58), bosh rassom (1958—66), Oʻzbekiston matbuot davlat qoʻmitasi bosh rassomi (1966—70). L. asarlari kompozitsiyasi aniq va loʻnda, tasviriy shakl sodda va yaxlit boʻlib, ijtimoiy, axloqiy, xoʻjalik va hayotdagi boshqa nuqsonlarni fosh etishga, tinchlik va xalqlar doʻstligi dushmanlari siyosatini qoralashga qaratilgan. Asarlari "Mushtum" jurnal ("40 zarba", 1963) va boshqa vaqtli matbuotda, "Jangovar qalam" agitplakatida bosilgan. Kitoblarni badiiy bezagan (Nishotiyning "Husnu Dil" dostoni), Muqimiy sheʼrlariga rasmlar (1968, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida) ishlagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |