Nike
Turi | korxona, ommaviy kompaniya va biznes |
---|---|
Xizmatlari | Ommabop kompaniya |
Qachon asos solingan | 1972 |
Joylashuvi | Beaverton, Oregon, AQSH |
Asoschi(lari) | Phil Knight va Bill Bowerman |
Rahbariyat |
Phillip Knight, Co-Founder and Chairman Bill Bowerman, Co-Founder (deceased December 24, 1999) Mark Parker, CEO and president |
Daromadi | US$16.326 miliard (2007)[1] |
Aylanma daromadi | 46 710 000 000[2] |
Operatsion foydasi | 6 651 000 000[3] |
Sof foydasi | 6 046 000 000[3] |
Ishchilar soni | 26.7 ming kishi (2006) |
Vebsayti | http://www.nike.com |
Nike, Inc. (talaffuzi: nayki) - sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Amerika xalqaro kompaniyasi. Bosh ofisi Beaverton shahri, Oregon shtatida joylashgan.
Kompaniya 1972-yil Oregon Universiteti qisqa masofaga chopish boʻyicha komanda tarkibiga kiruvchi talaba Phil Knight va uning murabbiyi Bill Bowerman tomonidan asos solingan. Kompaniya shiori etib “Just Do It” (shunchaki epla) iborasini tanlashdi. Kompaniya nomi yunon xudosi Nika ismidan olingan.
Direktorlar kengashi raisi – Phil Knight. Prezident – Mark Parker.
Asosiy faoliyat turi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nike – dunyoda sport mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya mahsulotlari quyidagi savdo belgilar ostida ishlab chiqariladi: Nike, Air Jordan, Total 90, Nike Golf, Team Starter va boshqalar. Shuningdek Nike Bauer, Cole Haan, Converse va Hurley International brendlari ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni ham boshqaradi.
Faoliyati koʻrsatkichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy ishchilar soni – 26,7 ming kishi (2006-yil). 2005-yil kompaniya aylanma mablagʻi Hoovers maʼlumotlariga koʻra – $14,9 milliardni, sof foydasi esa – $1,3 milliardni tashkil etgan.
“Swoosh” (Nike emblemasi)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunyoga mashhur Nike “jimjimasi” Portlend Universiteti talaba-dizayner Kerolin Devidson tomonidan 1971-yilda yaratilgan. U bu ishi uchun $35 gonorar olgan. Ushbu emblema dunyoda eng mashhur brendlardan biriga aylandi. 1983-yil Nike direktorlar kengashi raisi Fil Neyt Devidsonga minnaddorchilik tariqasida ushbu jimjimador oltin uzuk va kompaniya aksiyasi bir qismini topshirdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedfinancialtables
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |