Kontent qismiga oʻtish

Muhammadi Begum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadi Begum
Sayyida Muhammadi Begum
Tavalludi 1878-yil 22-may
Panjob shtatining Shohpur shahri
Vafoti 1908-yil 2-noyabr
Shimla shahrida
Fuqaroligi Hindiston fuqarosi
Kasbi olima, urdu yozuvchisi, muharrir
Faoliyat yillari 1898-yilda vafotigacha (1908-yil) “Tehzeeb-e-Nisvon”ni jurnalini tahrir qilgan
Turmush oʻrtogʻi Sayyid Mumtoz Ali Deobandiy
Bolalari qizi Vahida Begum, o`g`li Imtiaz Ali Taj

 


Muhammadi Begum (shuningdek, Sayyida Muhammadi Begum nomi bilan ham tanilgan) (1878-yil 22-may — 1908-yil 2-noyabr) — sunniy musulmon olimasi, urdu yozuvchisi va ayollar taʼlimi tarafdori. U Tehzeeb-e-Niswan islomiy haftalik jurnaliga asos solgan. U urdu jurnalini tahrir qilgan birinchi ayol sifatida tanilgan. U Sayyid Mumtoz Ali Deobandiyning rafiqasi edi. U, shunigdek, Hindistonning birinchi musulmon feminist ayoli[1].

Muhammadi Begum 1878-yil 22-mayda Panjob shtatining Shohpur shahrida tugʻilgan[2]. U urdu tilini oʻrgandi va Qur’onni yod olib, hofiz boʻldi. U 1886-yilda turmushga chiqqanidan keyin katta opasi bilan aloqada boʻlish uchun xat yozishni oʻrgangan[3].

1897-yilda u islom olimi va Dorul Ulum Deobandning bitiruvchisi Sayyid Mumtoz Ali Deobandining ikkinchi xotini boʻldi[4][5]. U yangi turmush oʻrtogʻidan arab va fors tillarini oʻrgangan va ingliz, hind va matematikadan xususiy taʼlim olgan[6].

1898-yil 1-iyulda er-xotin ayollar uchun „Tehzeeb-e-Niswan“ nomli haftalik jurnalni chiqarishni boshladilar, bu jurnal Islomda ayollar huquqlari boʻyicha ilgʻor ishlardan biri hisoblanadi[7]. Jurnal majburiy aliment bilan ajralinikohni bekor qilish, purda va koʻpxotinlikka barham berish haqidagi radikal gʻoyalarni nashr etdi. Muhammadi Begum urducha jurnalni tahrir qilgan birinchi ayol sifatida eʼtirof etilgan[8]. U 1908-yildan vafotigacha „Tehzeeb-e-Nisvon“ni jurnalini tahrir qildi[9].

Adabiy asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadi Begum oʻttizta kitobning muallifi boʻlib, ular orasida „Shareef Beti“ asari ham bor boʻlib, bu asar, asosan, majburiy nikohga olib keladigan bolalarning uyushtirilgan nikohi xavfi haqida soʻzlardi[6][10]. Quyida uning boshqa asarlari keltrilgan (Muhammadi Begum asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinmaganligi uchu oʻz tilida yozilgan):[11]

  • Aaj Kal
  • Safiya Begim
  • Chandan Haar
  • Adab e Muloqot
  • Rafeeqe Aroos
  • Khaanadari
  • Sugar Beti

Vafoti va merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

30 yoshida Muhammadi Begum 1908-yil 2-noyabrda Shimla shahrida vafot etdi[8]. Uning nabirasi Naim Tohir Sayyida Muhammadi Begum avr Unka Khandan Sayyida Muhammadi Begim va uning oilasi[12] nomi ostida arjimayi holini tuzgan. Uning oʻgʻli 1900-yilda tugʻilgan Imtiaz Ali Taj edi. U unga „Mera Taj“ (Mening tojim) laqabini qoʻydi, vaqt oʻtishi bilan u yetakchi dramaturgga aylandi.[13] Uning qizi Vahida Begum vafotidan keyin jurnalining muharriri boʻldi va bir necha yildan soʻng Imtiaz Ali Toj bu lavozimni egalladi[14].

  1. Prasad, Amar Nath. Indian Writing In English:Critical Rum.(part-2) (en). Sarup & Sons, 2006 — 255-bet. ISBN 978-81-7625-725-1. 
  2. Sarwat Ali. „Stuff legends are made of“. The News International (10-may 2020-yil). Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.
  3. Sarkar, Sumit. Women and Social Reform in Modern India: A Reader, 2008 — 363-bet. ISBN 9780253352699. Qaraldi: 20-avgust 2020-yil. 
  4. Nayab Hasan Qasmi „Mawlana Sayyid Mumtaz Ali Deobandi“, . Darul Uloom Deoband Ka Sahafati ManzarNama. Idara Tehqeeq-e-Islami, Deoband — 147–151-bet. 
  5. Rauf Parekh. „Muhammadi Begum and Tehzeeb-e-Niswan“. Dawn (2-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.
  6. 6,0 6,1 Farrukhi. „NON-FICTION: A PIONEERING WOMAN OF LETTERS“ (en). DAWN.COM (2018-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-may. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "pioneer dawn" defined multiple times with different content
  7. Moaddel, Mansoor (1998). „Religion and Women: Islamic Modernism versus Fundamentalism“. Journal for the Scientific Study of Religion. 37-jild, № 1. 116-bet. doi:10.2307/1388032. JSTOR 1388032.
  8. 8,0 8,1 Rauf Parekh. „Muhammadi Begum and Tehzeeb-e-Niswan“. Dawn (2-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.
  9. Tahir Kamran. „Re-imagining of Muslim Women - II“. thenews.com.pk. The News International (2018-yil 8-iyul). Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  10. Sarwat Ali. „Stuff legends are made of“. The News International (10-may 2020-yil). Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.
  11. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named pioneerdawn
  12. Asif Farrukhi. „A PIONEERING WOMAN OF LETTERS“. Dawn (16-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.
  13. „Imtiaz Ali, the Taj of Urdu drama“ (en). DAWN.COM (2009-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
  14. „Re-imagining of Muslim Women - II | Political Economy | thenews.com.pk“ (en). www.thenews.com.pk. Qaraldi: 2022-yil 4-may.